NEGA YOSH BOLALAR KATTALARNING QOʻLIGA SUV QUYISHI MUHIM
FARZANDLARINGIZGA OʻRGATING....
Dovud paygʻambarning oʻttizta oʻgʻli boʻlibdi. Bir kuni peshin namoziga odamlar kechika boshlabdi. Dovud paygʻambar orqasiga qarasa, oʻng tomonida oʻn beshta oʻgʻli, chap tomonida oʻn beshta oʻgʻli oʻtiribdi ekan.
Shunda sal maqtanchoqlikka boʻy oldirib: -Oʻzimiz ham bir jamoa ekanmizku, elni kutmasdan namozimizni boshlayveramiz. Xudo xohlasa oʻttiz oʻgʻlim bor, haq dinni butun elga oʻzim yetkazaman, degan oʻy kelib, namozni boshlab ketibdi.
Xudoga Dovud paygʻambarning bu ishi yoqmadi. Dovud paygʻambar namoz vaqtida assalomu alaykum va Rahmatulloh, deb oʻng tomonga salom berganda oʻn beshta oʻgʻli jon topshirdi. Chap tomonga salom berganda, qolgan oʻn beshta oʻgʻli bandalikni bajo keltirdi. Xatosini uqqan Dovud paygʻambar koʻz yoshlarini daryo qilib, Yaratgandan kechirim soʻradi. Rahmi cheksiz Alloh oʻttizta oʻgʻlingni qaytarib beraymi yo oʻttizini oʻrnini bosadigan bitta oʻgʻil beraymi, deb soʻradi. Sening amring ikki boʻlmaydi. Oʻttiz oʻgʻlimning jonlari jannatda boʻlsin. Menga ularning oʻrnini bosadigan bitta oʻgʻil bersang bas. Aytganing boʻlsin. Lekin bolaning umri qisqa boʻladi. Men unga faqat toʻqqiz yil umr beraman. Mayli shunisigayam shukr, deb Dovud paygʻambar kelasi yil oʻgʻil koʻradi.
U bolaning ismi Sulaymon edi. Sulaymon ish buyurishga yarab qolgan paytida Dovud paygʻambar uning qoʻliga qumgʻon (obdasta), yelkasiga sochiq osib:
- Oʻgʻlim sen endi bizning uyga kelgan mehmonlarning yoshmi, qarimi hammasining qoʻliga suv quyib turgin. Suvni uch marta uzib-uzib quyasan. Toʻrtinchi marta agar mehmon soʻrasa quyasan. Ota nega uzib quyishim kerak? Sababi oʻlikni yuvishganda suvni uzmay quyadi. Sen axir suvni tirik odamlarga quyasan-da oʻgʻlim. Ikkisini farqi bor, - deydi.
Dovud paygʻambarga kelgan yosh qarining hammasi, suv quyib turgan Sulaymonga yuzga kir bolam, qoʻling dard koʻrmasin, katta olim boʻlgin, podsho boʻlgin, umring uzoq rizqing butun boʻlsin, deb rahmatlar aytardi. Bir kuni Sulaymon toʻqqiz yoshga toʻldi. U paytlarda bolasi toʻqqizga toʻlgach uni bir qizga unashtirib qoʻyish lozim edi.
Lekin Allohning bolaga faqat toʻqqiz yil umr beraman, degani Dovudning esida edi. Bir kuni Dovud paygʻambar saharda Allohni zikr qilib oʻtirib, Sulaymonning yoshi toʻqqizdan oshdi. U endi jon taslim qilishi kerak edi. Buning tirik qolganining sababini soʻradi va agar jonini olmaydigan boʻlsa bolani unashtirish lozimligini aytdi.
Shunda Xaq Taolo mening ismlarimdan biri Xalqdur. Minglab odamlar sening bolangga uzoq umr tiladi. Men shuncha xalqning duosini qaytara olmayman. Sulaymon uzoq umr koʻradi, U barcha yerdagi mahluqlarni, osmondagi qushlarning va barcha dengizdagi baliqlarning tilini biladigan boʻladi. Barcha odamlar va jinlarga hukmronlik qiladi, deb javob berdi.
Ana shundan boshlab yosh bolalar qariyalarning duosini olsin, deb Xudoyi marosimlarida, toʻylarda ularga suv quydirib qoʻyadigan urf-odat paydo boʻlibdi.
Shuning uchun azizlar, bu urf- odatlarimizni davom ettiraylik. Joʻmrakda suv oqib turibdi yuvishaveradi yoki ana umivalnik turibdiku obdastani nima keragi bor, demaylik. Bu urf- odatlarimizning fayzi, barakasi boshqa. Albatta, bobolarining qoʻliga suv quyib, duosini olib oʻsadigan boʻlsa, bolalarimizning umri uzoq va rizqlari butun bulishiga ishonchimiz komil.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)