Nafaqalari oshadigan boʻldi
Nafaqaga chiqish mehnatlarning rohati koʻriladigan davr. Ana shunday paytda ishlagan yillari inobatga olinmasa har kimning “figʻoni falakka chiqishi” tayin. Bunday vaziyatda adliya organlari pensionerlarga yaqin koʻmakchi boʻlmoqda. Karmana tumanida ham 12 nafar fuqaroning ish stajini tiklash bilan bogʻliq masala sayyor tartibda oʻtkazilgan sud majlisida koʻrib chiqildi. Sudga daʼvo arizalari tuman adliya boʻlimi tomonidan kiritilgan.
- “Navoinskoy Mijroybaz”, “Navoiy RPO PTO”, “Transekspeditsiya” tashkilotlarida ishlaganman, ammo pensiyaga chiqayotganimda shu davrlar inobatga olinmadi. Adliya boʻlimining yordami bilan shuncha yillik mehnatim kuymadi katta rahmat.Hozir nafaqam oshdi.Xursandman- deydi Fuqaro Oʻktam Jabborov
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 81-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi “Davlat pensiya taʼminoti bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 44-sonli qarorinng 23-bandi, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonun 42-moddasi va “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 80-bandiga binoan mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanishi koʻrsatilgan. Arxivga ish haqi toʻgʻrisida maʼlumotnomalar taqdim etilmagan holatda yuqoridagi qonun xujjatlariga asosan, mehnat daftarchasi orqali ish stajini tiklash imkoniyati mavjud.
Shu asosga koʻra, tumanlararo maʼmuriy sudiga kiritilgan daʼvo arizalari qanoatlantirilib, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Konimex tuman boʻlimiga fuqarolarning ish stajlarini inobatga olish boʻyicha qaror qabul qilindi.
Aziz Axmedov
Karmana tumani adliya boʻlimi boshligʻi
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)