Navoiyda Adliya va Davlat xizmatlari sayli
Navoiy shahrining “Maʼrifat” bogʻida karantin talablariga rioya qilingan holda Adliya boshqarmasi va Davlat xizmatlari agentligining sayli oʻtkazildi. Oʻtkazilgan saylning maqsadi aholiga huquqiy koʻmak berish, odamlar murojaatlarini tinglash, ijtimoiy masalalar yechimiga javob izlash boʻldi.
Eng asosiysi, saylda adliya, Davlat xizmatlari agentligini viloyat boshqarmalari, FHDYO, sud idoralari, bojxona, notariuslar, advokatlar, “Madad” NNT mutasaddilari tomonidan hudud aholisining muammolarni oʻrganish va ularni hal etish choralarni koʻrish maqsadida sayyor qabullar ham oʻtkazildi. Davlat xizmatiga qilingan 32 murojaatdan 10 tasi FHDYO idorasiga yoʻnaltirildi, 22 tasiga mobil ofisda sayyor tartibda yechim topildi.
Mehriddin Karimboyevga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma aynan saylda rasmiylashtirildi.
2 nafar fuqaro oʻz biznesini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Biri qandolatchilik sehini, ikkinchisi koʻrpa yostiq tikish korxonasini ochdi. Saylda adliya, notarius, bojxona va sud idoralari tomonidan murojaatlari boʻyicha fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.
Sayl oʻz nomi bilan sayl. U koʻngil ochar tomoshalarsiz befayz. Shu boisdan sayl ishtirokchilariga turli konsert dasturlari, hunarmandlarning qoʻl ishi namunalari koʻrgazmasi, huquqiy va badiiy adabiyotlarning kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Saylda Davlat xizmatlari markazining “Oʻzimiz keldik” aksiyasi, “Davlat xizmatlari haqida nima bilasiz?” viktorinasi, “Davlat xizmatlari men uchun” rasmlar tanlovi oʻtkazilib, gʻoliblar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, saylda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida bellashuv oʻtkazildi. Bellashuv gʻoliblari esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Yoshlar uchun eng qiziqarli soha – harbiylarning koʻrgazmali chiqishlari nafaqat yoshlar, barchada katta qiziqish uygʻotdi.
Mazkur sayl barcha davlat idoralarini, yaʼni, sud, bojxona, adliya, davlat xizmatlari tizimini yanada halqqa yaqin boʻlishiga koʻmaklashdi. Bu saylda 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan fuqarolar ishtirok etdilar. Xullas, Adliya va Davlat xizmatlari sayli fayzli va aholining huquqiy savodxonligini yuksaltirishdagi oʻrni bilan ahamiyatli oʻtdi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)