5 yillik muammo hal etildi
Tuman adliya boʻlimiga fuqaro Eshnazarov Izzat Aslonovich murojaat qilib, otasi vafotidan soʻng uy-joyni oʻzini nomiga oʻtkazish uchun turli idoralarga murojaat qilganligi, otasi va oʻzining familiyasi boshqa boshqa ekanligi vaji bilan hujjatlar rasmiylashtirib berilmasdan kelinganligi, unga berilgan tugʻilganlik haqidagi guvohnomada otasining ism sharifi Eshnazarov Aslon Ishqulovich deb xatolik bilan yozib ketilganligini maʼlum qilgan.
Otasining ism sharifi Roʻziyev Aslon Ishqulovich boʻlsada, Navbahor tuman FXDYO boʻlimi tomonidan unga berilgan tugʻilganlik haqidagi guvohnomada otasining ism sharifi notoʻgʻri yozib berilgan.
Tuman FXDYO boʻlimi tomonidan fuqaroning familiyasi “Roʻziyev” deb oʻzgartirib berishni rad etish haqida 2021-yil 26-martda xulosa tuzilgan.
Mazkur holat adliya boʻlimi tomonidan oʻrganib chiqilib, Navoiy tumanlararo Maʼmuriy sudiga tuman FXDYO boʻlimining xatti-harakatlariga nisbatan majburiyat yuklash boʻyicha ariza kiritildi.
Sudning qaroriga asosan FXDYO boʻlimi zimmasiga fuqaro Eshnazarov Izzat Aslonovich nomiga qayd qilingan 1978-yil 11-oktyabrdagi 364-sonli tugʻilish haqidagi dalolatnoma yozuvidagi “Eshnazarov” familiyasi “Roʻziyev” deb oʻzgartirish kiritish majburiyati yuklatilib fuqaroning murojaati qanoatlantirilishi taʼminlandi.
E. Fayzullayev,
Navbahor tuman adliya boʻlim boshligʻi
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)