“Vatandosh, bog‘ingga bir nihol qada”
Donishmand xalqimizda “Yaxshidan bog‘ qoladi” degan maqol bor.Darhaqiqat,inson umrini xayrli ishlar hamda mehnat bezaydi.Vatanimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadigan, hamda elimizning dasturxonini turli noz-neʿmatlar bilan to‘ldiruvchi bog‘larni yaratish, ularni hashar yo‘li bilan yanada obodonlashtirish yurtdoshlarimizda hamjihatlik tuyg‘ularini oshiradi. Shunday ezgu ishlarni yanada ko‘paytirish borasida davlatimiz rahbari yurtimizning shahar va tumanlarida ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida bir qancha topshiriqlar bergan edilar. Jumladan, havoning tozaligini yaxshilash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida meva va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” eʿlon qilishi aytilgan edi.
Navoiy shahridagi 16-AFCHO‘IM da tashkil etilgan “Ilk so‘z” to‘garagi aʿzolari ushbu loyiha doirasida maktab bog‘iga mevali daraxtlar o‘tqazishdi.Yosh-u qarini birdek birlashtirgan bu loyiha barcha hududlarimizni yashil maydonga aylantirish, go‘zal bog‘-rog‘lar barpo etish imkonini berganligi uchun barcha to‘garak aʿzolari mamnun bo‘ldilar. O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri, ustoz Erkin Vohidovning “Vatandosh, bog‘ingga bir nihol qada” nomli misralari bilan boshlanuvchi sheʿrini o‘zlariga shior qilib olgan yoshlar, bugun ekkan nihollari ertaga bog‘ bo‘lishini va bu bog‘ning “Vatan” deya nom olishini chin dildan niyat qildilar.
Hulkar G‘AFFAROVA.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)