13 mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
Hukumatning tegishli farmoyishiga binoan, “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida 2021 yil 13 mart kuni mamlakat barcha hududlarida “Obod va ko‘rkam mahallam” obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish belgilandi.
O‘zA xabariga ko‘ra, umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish bo‘yicha bosh vazir birinchi o‘rinbosari O.Ramatov rahbarligida ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi.
Xayriya hasharini o‘tkazishda quyidagilarga eʼtibor qaratish alohida qayd etildi:
- mahallalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli binolar va hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlarni hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirish;
- “Mahallamga 30 tup daraxt mening tuhfam” shiori ostida barcha turar joy mavzelari va mahallalarda gul ko‘chatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekish, daraxtlarni oqlash va butash;
- umumxalq hashari doirasida bo‘lmagan boshqa turdagi jamoat ishlari, shu jumladan, qurilish-taʼmirlash va qishloq xo‘jaligi ishlariga majburiy jalb etishga qatʼiy yo‘l qo‘yilmagan holda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ish o‘rinlarini tartibga keltirish ishlarini amalga oshirish;
- avtomobil yo‘llari, harakatlanish tig‘iz bo‘lgan ko‘chalar, suv obyektlari, qirg‘oqbo‘yi hududlar va zonalar, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, xavfli ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek, insonlarning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan hasharlar va boshqa ishlarni o‘tkazish taqiqlanganligini qatʼiy nazoratga olish;
- ushbu targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida joylarda ish beruvchilar tomonidan hasharda ko‘zda tutilgan ishlar uchun ishchilarni majburiy tarzda jalb etishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik, shunday holatlarga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarga jazo choralarini qo‘llash.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi eslatib oʻtadi
Navroʻz 10 kun nishonlanadi
YANGI YILNI XAVFSIZ KUTIB OLAYLIK!
Bill Geyts koronavirus pandemiyasini toʻxtatish usulini aytib oʻtdi
BRITANIYANING G‘AROYIB ROJDESTVO AN’ANALARI
203 nafar talabaga to‘lov-shartnoma mablag‘ining 50 foizi to‘lab berildi
Izohlar (0)