Hashar – elga yarashar
Hashar – ota-bobolamizdan meros asriy urf-odat, xalqni yakdillikka, birdamlikka chorlovchi, mehr-oqibatni yanada mustahkamlovchi, ezgulikni tarannum etuvchi unutilmas qadriyat.
Mamlakatimizda har yili “Navroʻz” umumxalq bayramiga munosib tayyorgarlik koʻrish, hududlarda obodonlashtirish ishlarini olib borish maqsadida anʼanaviy hasharlar oʻtkazilmoqda.
Respublikamiz boʻylab joriy yilning 13-14-mart kunlari oʻtkazilishi belgilangan keng qamrovli hashar tadbirlari Navoiy viloyatining barcha hududlarini ham qamrab olgan. Yurtimizda yangi yilning boshlanishi, yangilanish va yasharish ayyomi hisoblanmish “Navroʻz” bayrami shukuhi kezib yurgan ayni pallada, ulugʻ tantanani koʻtarinki ruhda nishonlashga Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqaramsi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi xodimlari ham oʻzlarining hissasini qoʻshmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)