Mehnat stajlari pensiya hisoblashda inobatga olinishiga erishildi
Joriy yilning oktabr oyida Navbahor tuman adliya bo‘limida turli yillarda mehnat faoliyati pensiya hisoblashda inobatga olinmaganligi to‘risida murojaatlar ko‘rib chisildi.
Murojaatlar tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilib, tegishli tashkilotlardan so‘rov xatlari olindi. To‘plangan ma’lumotlar Navoiy tumanlararo ma’muriy sudiga fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab ariza kiritildi.
Navbahor tumani “Yangi obod” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro Tuxtayeva Xosiyat Choriyevna 1998 yildan
2001 yilgacha sobiq “Istiqlol” jamoa xo‘jaligida va 2001 yildan 2009 yilgacha “T.Xayotjon” fermer xo‘jaligida ishlaganligini, lekin pensiya tayinlashda inobatga olinmayotganligini ma’lum qilgan. Buning sababi mazkur tashkilotlarda ishlagan davri uchun sug‘urta badallari to‘lab berilmaganligi ko‘rsatilgan.
Ma’lumki, O‘zberiston Respublikasining Mehnat kodeksi 81-moddasida Mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisblanadi. Shu asosda fuqaroning mehnat daftarchasida qayd etilgan mehnat stajlariga oid ma’lumotlarni to‘plash maqsadida turli mas’ul tashkilotlardan so‘rov xatlari olinib Navoiy tumanlararo ma’muriy sudiga fuqaroning manfaati ko‘zlab ariza kiritildi. Sudning hal qiluv qaroriga asosan X.Tuxtayevaning murojaati to‘liq qanoatlantirilib, yuqorida qayd etilgan mehnat stajlari pensiya hisoblashda inobatga olinishiga erishildi.

E. FAYZULLAEV,
Navbahor tuman adliya
bo‘limi boshlig‘i.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)