Milliy armiyamiz-milliy g‘ururimiz
Vatanni qoʻriqlash muqaddas burch,oliy vazifa.Bunday yuksak ishonchga esa faqatgina oʻziga ishongan,ona yurtini jondan sevgan mard-jasur oʻg'lonlar kamarbasta boʻladilar.Bu dovyurak insonlar uchun yurt tinchligi yaqinlar diydori hamda har qanday bayramlardan ustun!Ularni qancha e’zozlasak maqtasak shuncha oz.
Bugun ham shu maqsadda Navoiy viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi, Viloyat Madaniyat boshqarmasi, Viloyat hokimligi ma'naviyat bo‘limi va hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 30 yilligi hamda vatanparvarlik oyligi doirasida viloyat "Ma'naviyat va ma'rifat markazi" binosida "Milliy armiyamiz milliy g‘ururimiz" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Yoshlarda Vatanparvarlik ruhini yanada oshirish, ularni harbiy sohaga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida va tadbirga yanada ko‘tarinki ruh baxsh etish maqsadida viloyatimizning taniqli san’atkorlari, 7532-sonli harbiy qism orkestr jamoasi ishtirok etishdi. Shuningdek Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy Gvardiya Navoiy viloyati bosh boshqarmasi hamda harbiy qismlarning maxsus bo‘linmalari harbiylari tomonidan jangovorlik chiqishlari tashkil etildi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarning Vatanga bo’lgan muhabbati,sadoqatini oshirishga xizmat qiladi.Kelgusida ulardan ham dovyurak vatan himoyachilari yetishib chiqishiga zamin yaratadi.

Tadbirda Navoiy Viloyat hokimi o‘rinbosari Sa'dulla Mirzayev barcha vatan himoyachilariga o‘zining hurmatini bildirib, Qurolli kuchlarining 30 yilligi bilan samimiy qutladilar.
Mazkur tadbirda Yoshlarda Vatanparvarlik ruhini yanada oshirish, ularni harbiy sohaga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida va tadbirga yanada ko‘tarinki ruh baxsh etish maqsadida viloyatimizning taniqli san’atkorlari, 7532-sonli harbiy qism orkestr jamoasi ishtirok etishdi. Shuningdek Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy Gvardiya Navoiy viloyati bosh boshqarmasi hamda harbiy qismlarning maxsus bo‘linmalari harbiylari tomonidan jangovorlik chiqishlari tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida miliy sport o‘yinlari (shaxmat, kamondan o‘q otish, arqon tortish, tosh ko‘tarish) tashkil etildi va g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Albatta, aytib o‘tish joizki tadbirda jami 550 nafar yoshlar qatnashishdi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarning Vatanga bo’lgan muhabbati,sadoqatini oshirishga xizmat qiladi.Kelgusida ulardan ham dovyurak vatan himoyachilari yetishib chiqishiga zamin yaratadi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Navoiyda oʻtkazilgan marafonda viloyat IIBning 500dan ortiq xodimlari faol qatnashib, sovrindorlar qatoridan joy olishdi
“Biatlon” Kubogi gʻoliblari aniqlandi
Navoiyda zamonaviy maʼnaviyat va maʼrifat maskani barpo etiladi
Boshlang’ich ta’lim fan oyligining viloyat seminari o’tkazildi
Yosh jurnalistlar uchun mediamarkaz
Taʼsirli savollarga natijali javoblar kutiladi
Izohlar (0)