Taʼsirli savollarga natijali javoblar kutiladi
Yoshlar muammolarini bartaraf yetish uchun ularga kerakli sharoitlar yaratilib kelinmoqda. Yaratilayotgan sharoitlar qanchalik oʻzini oqlayapti: yoshlar bunday sharoitdan toʻlaqonli foydlanyaptimi? Yaʼni, yoshlar bandligini taʼminlashda ularning barqaror daromad topishlari uchun dehqonchilik qilishlari uchun yer maydonlari, bizneslarini boshlash uchun kerditlar ajratish, mahalla guzarlari barchasi yoshlar uchun. Lekin aytib oʻtilgan sharoitlar amalda oʻzini qanchalik boʻyini koʻrsatmoqda.
Navoiy viloyatida “Fevral oyi yoshlar bandligini taʼminlash oyligi” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan matbuot anjumani oʻtkazildi.
Anjumanga viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Dilshod Mamarajabov, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi boshligʻi, Senator Jamshid Xodjayev, viloyat hokimi oʻrinbosari Yashin Dushanov hamda “Fevral oyi yoshlar bandligini taʼminlash oyligi”ning masʼullari ishtirok etishdi.Mazkur yoshlar oyligida yer soʻrab murojaat qilgan yoshlarga “Fermerlar yoshlarga madadkor” shiori ostida fermerlar Kengashi, fermer va yosh oʻrtasida uch tomonlama shartnoma imzolash ishlari, “Talabalar festivali”, “Talabalar teatr studiyalari”, quvnoqlar va zukkolar jamoalarining koʻchma tomoshalari, “5 tashabbus mahalla yoshlari ishtirokida” singari bir qancha tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Ayniqsa, yoshlar kichik sanoat zonasi tashkil etilishi hammada qiziqish oʻygʻotdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi boshligʻi, Senator Jamshid Xodjayev anjuman ishtirokchilariga quyidagilarni maʼlum qildi:
- Yoshalar kichik sanoat zonasining hozirgi kunda loyihasi ishlab chiqilmoqda. Unda yoshlardan iborat texnika, sanoatga oid va boshqa loyihalari mana shu zonada muvofiqlashtiriladi.
Yoshlar oʻz bizneslarini boshlash uchun kreditlar ajratilishi haqida Markaziy bankning viloyat bosh boshqarmasi boshligʻi I. Saidov yoshlarga biznes boshlari uchun 14 foizli kreditlar ajratilishi haqida maʼlumot berdi.
Anjumanda jurnalistlar masʼullarga yoshlar oyligida koʻzda tutilgan maqsadlar amalga oshishini, shunchaki tashkil etilmaslik kerakligini alohida taʼkidlashdi. Qizgʻin davom etgan matbuot anjumanidan soʻng albatta taʼsirli savollarga natijali javoblar kutiladi.
Buni esa “Fevral oyi yoshlar bandligini taʼminlash oyligi”ning yakuni natijalarida namoyon boʻladi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
“University Cyber Cup”da Inha universiteti jamoasi sovrindor boʻldi
NAVOIY VILOYATIDAGI MAHALLIY HOKIMLIKLAR AYRIM QARORLARI BEKOR QILINAYOTGANLIGINING ASOSIY SABABI OCHIQLANDI
Prezidentimiz tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga boshqarma boshlig‘I tayinlandi
O‘zbekistonda kasb-hunar bo‘yicha maxsus kursni tugatgan ishsiz yoshlarning o‘qish xarajatlarini davlat qoplab beradi
Nega Buxoro boshqa viloyatlardan 10 yil orqada qolyapti?
Prezidentga sheʼr oʻqigan talaba Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilindi
Izohlar (0)