“Kannabis” o’simligini yetishtirgan ayol jazolandi
Jamiyatimizda erkaklarni giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etishi va ularga nisbatan koʻrilayotgan choralar haqida tez-tez xabar beriladi.Biroq ayollarning bu toifadagi jinoyatni sodir etganligi kam uchraydi.
Navbahor tumanida yashovchi A.Usmonova (ism-sharifioʻzgartirilgan) ikki farzandning onasi, tibbiyot sohasida faoliyat yuritadi. Gap shundaki, u 2021-yil aprel oyining oxirlarida Navbahor tumanidagi yashash xonadoni tomorqasida anor va olma daraxtining orasiga 10 tup Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining isteʼmol qilinishi taqiqlangan “Kannabis” giyohvandlik oʻsimligini yetishtirib, parvarish qilib kelgan. Bu 2021-yil 28-may kuni ichki ishlar xodimlari tomonidan aniqlangan va giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Navbahor tuman sudi tomonidan sudya A.Ibodov raisligida koʻrilgan jinoyat ishida, A.Usmonova Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga ko’ra aybdor deb topildi.Unga nisbatan bir yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Shuningdek, uning zimmasiga ozodlikni cheklash jazosini oʻtash davrida bir qancha taʼqiq va cheklashlar yuklatildi.
Avazjon IBODOV, Jinoyat ishlari boʻyicha Navbahor tuman sudi raisi

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)