15 kg.dan ortiq giyohvandlik moddalari aniqlandi

B.A.ning hovlisi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, tomorqasida 76 tup kannabis giyohvandlik oʻsimligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.
Shuningdek, ushbu shaxsning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganida, javonida 15 kg marixuanna (sof ogʻirligi 11 kg. dan ortiq) giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)