Shkaf ichida yetishtirilgan giyohvand oʻsimligi
Giyohvandlik moddasini yetishtirish, saqlash va sotishning oldini olish borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan zarur choralar koʻrilmoqda. Joylarda uyushtirilayotgan targʻibot tadbirlarida ushbu holatlar uchun belgilangan javobgarliklar tushuntirilyapti. Biroq ayrim yurtdoshlarimiz mazkur turdagi qonunbuzilishlarga yoʻl qoʻymoqdalar. Chunonchi, soha xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda Jizzax shahri Amir Temur mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro yashash uyi hovlisining oʻtinxonasi yonida polietilen tuvakda 8 tup giyohvandlik oʻsimligini ekib parvarishlab kelganligi aniqlandi.
Baxmal tumani Novqa qishloq fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi fuqaro esa yashash xonadoni yotoqxonasidagi shkaf ichida 23 dona shunday giyohvandlik oʻsimligini yetishtirgan. 1,5 litrli yelim idishlardagi oʻsimliklar hujjatlashtirib olinib, jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.
Xullas fuqarolar qonunbuzilishlar uchun javob berishlariga toʻgʻri keladi, deb xabar beradi IIV.UZ I ИИВ rasmiy kanali.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Pulga o‘ralgan og‘u
74 yoshli ayolning o‘ninchi bor sudlanishi
Surxondaryoda giyohvand modda sotayotgan shaxs qoʻlga olindi
Internetda tarqalgan videolar sabab 28 nafar ichki ishlar xodimi lavozimidan ozod etilgani maʼlum qilindi
Navoiyda nogironning boʻyniga arqon oʻrab azoblagan shaxs aniqlandi
OIV infeksiyasini bir necha shaxslarga qasddan yuqtirgan ayol qoʻlga olindi
Izohlar (0)