Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari
Qadimgi davr yozma manbalariga asoslanib, yer yuzida davlatchilik asoslari paydo boʻlishi bilan korrupsiya illatlari ham paydo boʻlgan deyilsa mubolagʻa boʻlmaydi. Negaki, jamiyatda ijtimoiy munosabatlar rivojlangani sari ularni qonuniy asoslardan koʻra, noqonuniy yoʻllar bilan tartibga solishni osonroq deb hisoblashgan.
Mazkur masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasida ham oxirgi yillarda salmoqli natijalarga sabab boʻlayotgan islohatlar olib borilmoqdaki, bu holat jahon hamjamiyatida mamlakat reytingini yuqori pagʻonalarga koʻtarilishiga sabab boʻlmoqda.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi “Transparency International”xalqaro tashkilotining reytingida 2020-yilda 180 ta davlat orasida 146-oʻrinni egallagan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi huquqiy asoslar yuzasidan shuni aytish joizki, mamlakat Konstitutsiyasi mazkur holat yuzasidan dasturul amal boʻlib xizmat qilsa, 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonun asosiy qonun hisoblanadi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6013-sonli Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi tashkil etildi va Agentlikning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha vazifa va vakolatlari belgilab berildi.
Shundan keyin, 2021-yilning 18-noyabrida Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-729-sonli Qonuniga muvofiq “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.Mazkur Agentlik Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlar tarkibidan joy oldi.
Shuni ham qayd etish joizki, mazkur oʻzgartishlar natijasida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashi tashkil etilishi belgilandi.Mazkur organning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy kengashlari oʻz faoliyatini olib boradi. Milliy Kengashning asosiy vazifalari mustahkamlandi.
N.KENJAYEVA, Navoiy tumanlararo maʼmuriy sudi sudyasi

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
O’zbekiston korrupsiyaga qarshi!
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovini qayta e'lon qiladi
Korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha vazifalar belgilandi
Oʻzbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning ochiq roʻyxati yuritiladi
Qonunchilikga taklif
Andijonda 4 mlrd. so’mlik matolarning noqonuniy aylanmasi fosh etildi
Izohlar (0)