KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHGA MAS’ULMIZ
Korrupsiya bir davlat emas, balki butun bir mintaqa yoki jahon taraqqiyotiga tahdid soluvchi illatdir. Chunki u demokratiya va huquq ustuvorligiga putur yetkazadi, inson huquqlarining buzilishiga olib keladi, iqtisodiyotni izdan chiqaradi, uyushgan jinoyatchilikning keng yoyilishiga sharoit yaratib beradi.
Korrupsiya atamasining etimologiyasi xususida turli fikrlar mavjud. Ayrim olimlarning fikriga koʻra, u lotincha “corruptio” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, “pora evaziga ogʻdirish” degan ma’noni anglatadi. Boshqa bir qarashga koʻra korrupsiya atamasi lotincha “corrumpere” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, “buzilish”, “aynish”, “tanazzul” degan ma’nolarni anglatadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish koʻp hollarda uning sabablarini aniqlash va bartaraf etishdan iborat boʻladi.
Korrupsiyaga yoʻl ochadigan omillar sirasiga hokimiyat organlari tizimining murakkabligi, buyruqbozlik taomillarining koʻpligini kiritish mumkin. Taqiqlar, ruxsat berish tartiblarining haddan tashqari koʻpligi, davlat xizmatchilari manfaatlari yetarlicha himoya qilinmaganligi ham korrupsiyaga yoʻl ochadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qoʻyadigan adolat tuygʻusini hayotimizda keng qaror toptirish birinchi darajali vazifa ekaniga alohida e’tibor qaratmoqda.
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida mustahkam huquqiy asos yaratilgan. Xususan, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturida ham korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari belgilangan.
Oʻzbekiston 2008-yil 7-iyulda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003-yil 31-oktabr), 2010-yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korrutsiyaga qarshi kurashishning Istanbul rejasiga (2003-yil 10-sentabr) qoʻshilgan.
Ushbu tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 3-yanvarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi davlat organlari belgilab berildi. Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olishda davlat organlari bilan birgalikda jamoatchilikning mustahkam hamkorligi, xususan, jamoatchilik nazorati talab etiladi.
Korrutsiyaga qarshi kurashish uchun har birimiz ma’sul bulishimiz lozim. “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunda ham aholining huquqiy ongini yuksaltirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yoʻl qoʻymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani toʻgʻrisidagi qonun talablarini amalda ta’minlash boʻyicha qat’iy choralar koʻrilayotir. Bu borada Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi izchil faoliyat yuritmoqda.
Xususan, mamlakatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Darhaqiqat, korrupsiya - vayronkor kuch, u milliy iqtisodiyotga misli koʻrilmagan darajada putur yetkazadi. Ijtimoiy tengsizlik chuqurlashadi, hokimiyatga ishonch yoʻqoladi, jamiyatda ma’naviyat buziladi va hokazo.
Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, agar davlat organlari tizimida korrupsiyaga qarshi oʻz vaqtida keskin choralar koʻrilmasa, davlat qanchalik yer osti va yer usti boyliklariga ega boʻlmasin, u ijtimoiy-iqtisodiy inqirozga yuz tutadi.
Shuning uchun ham davlatimiz rahbari inson sha’nini kamsitadigan, islohotlar gʻoyasini obroʻsizlantiradigan illat – korrupsiyaga qarshi kurashishga e’tibor qaratmoqda.
Bu jarayonda davlat organlari va boshqa tashkilotlar aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish chora-tadbirlarini koʻrishi, davlat organlari va boshqa tashkilotlar oʻz mansabdor shaxslarining hamda boshqa xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrishi, ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim va tarbiyani olib borishi lozim.
Korrupsiya bilan bogʻliq holatlarni koʻrganda befarq boʻlmaylik. Shunda korrupsiya degan illatdan butunlay qutilish mumkin buladi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Fuqarolarning faolligi, ijtimoiy hodisalarga befarq emasligi hamda har-bir davlat xizmatchisining oʻz faoliyati jamoatchilik nazoratida ekanini chuqur his etishi korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim shartidir.
Navoiy viloyat ma’muriy sudining sudyasi U.Ismailov

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
O’zbekiston korrupsiyaga qarshi!
Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari
Oʻzbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning ochiq roʻyxati yuritiladi
Prezident yangi qaror qabul qildi
Korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha vazifalar belgilandi
Oʻzbekistonda korrupsionerlar roʻyxati tuziladi
Izohlar (0)