Orzularining ro’yobini shogirlarida ko’rgan ustoz
“Ustoz otangdek-ulug’ ” –deydi dono xalqimiz.Darhaqiqat,ota bizga hayot bersa,ustoz bizga yashashni o’rgatadi.Shogirtlari kamoli uchun hayotini baxshida etadi.Bir necha kun avval Xatirchi tumani “Tamabahrin” qishlog’ida bo’lib, shunday matonatli va yosh ustozlardan biri Jamshid Asatov bilan suhbatda bo’ldik.
-Assalomu aleykum,siz bilan diydorlashib turganimizdan mamnunmiz!Suhbatimiz boshida o’zingiz va bugungi faoliyatingiz haqida qisqacha gapirib bersangiz?
-Avvalombor,assalomu aleykum.Men Asatov Jamshid.1995-yil Navoiy viloyati Xatirchi tumanida ziyoli oilada dunyoga kelganman.Bugungi kunda 44 –sonli maktabda o’qituvchilik hamda repititorlik faoliyati bilan shug’ullanib kelmoqdaman.-Bilamizki,sohangiz anchayin mas’uliyatli va mashaqqatli.Shunga qaramasdan,o’qituvchilik kasbini,umuman,biologiya sohasini tanlashingiz kim yoki nima sabab bo’lgan?
-Otam politexnika sohasida,onajonim esa rus tili o’qituvchisi bo’lib faoliyat yuritadilar.Bu kasbni tanlashimga ota-onamning o’gitlari,maktab davrimdagi talabchan ustozlarimning saboqlari, kimyo darslaridagi qaynoq muhit sabab bo’lgan.-Demak,oilangizda hamkasblaringiz ham bor?
-Ilk hamkasbim onam bo’lsalar,keyinchalik o’rtancha singlim ham pedagogika faoliyatini tanlagan.Qishloqda bemalol o’qituvchilar oilasi deya ta’rif berishadi.-Onajoningiz rus tili o’qituvchisi ekanliklarini aytib o’tdingiz,o’zingizning ham chet tillaridan xabaringiz bormi,umuman bugungi kunda chet tillarga bo’lgan ehtiyoj qay darajada deb o’ylaysiz?
-“Til bilgan-el biladi”-deyishadiku.Chet tillarining ahamiyati nihoyatda yuqori deb hisoblayman.Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida zamon bilan hamnafas bo’lishning asosiy shartlaridan biri chet tillarini o’rganishdir.Misol tariqasida chet elda IELTS darajasi bor insonlar uchun bizning biologiya sohasida ko’plab grandlar eʻlon qilingan.Agar bugungi kunda ushbu til bilish darajasiga ega bo’lganimda Xalqaro grand sovrindori bo’lgan bo’lardim.(Tabassum bilan) -Nechi yildan beri o’qituvchilik sohasida faoliyat olib bormoqdasiz?Bugungi kunda shogirdlaringiz soni qancha?Ular orasida,qaysi OTM lar talabalari mavjud?
-Repititorlik faoliyatimni 2015-yilda boshlaganman.Bugungi kungacha shogirdlarimiz soni 300 ga yaqin.Sohamiz biologiya fani bo’lganligi sababli ular, asosan,tibbiyot oliygohlari,pedagogika va psixologiya hamda maktabgacha ta’lim kabi yo’nalishlarda ta’lim olishmoqda.Shu yil hisobida 80 ga yaqin o’quvchilarim bor.-Ustoz sifatida shogirdlaringizga dakki va tanbehlar berib,o’rni kelsa jazolab ham turasizmi?Umuman olganda o’quvchini jazolash,dakkilar bilan qo’rqitish qay darajada to’g’ri?
Aslini olganda, o’quvchini jismoniy zo’riqtirish pedagogika qoidasiga zid.Biroq hamma o’quvchilarning bir xil temperamentda emasligini,o’zlashtirish darajasi har xilligini hisobga olgan holda o’tirib- turish,yugurish kabi qon aylanishi hamda miya faoliyatini yaxshilovchi “foydali jazolar”ni qo’llab turish zarar qilmaydi.Shu o’rinda bir ustozimizning fikrlarini ham ta’kidlab o’tmoqchiman: “Kimdanki qo’rqsang,uning aytgan amalini bajarasan.Aytgan amalini bajargach sen mukammallikka erisha olasan.Mukammallikka erishgach esa sendagi qo’rquv hurmatga aylanadi”.- Sevimli asaringiz va sevgan qahramoningizni bilsak bo’ladimi?
-Albatta,rostini aytsam ko’proq tabbiy fanlarga oid kitoblar mutolaa qilaman.Badiiy asarlarni ko’proq maktab davrimda o’qiganman.Eng sevimli asarim Tohir Malikning “Shaytanat” asari bo’lgan.Asadbekka hurmatim hamda uning mustahkam irodasiga havasim cheksiz edi.-Hayotdagi idealingiz kim va u insondagi qaysi jihatlarga ko’proq havas qilasiz?
-Kutilmagan savol bo’ldi.Hayotdagi idealim,qahramonim-otajonim.Ulardagi birso’zlilik,qat’iyat hamda mardlikni o’zimga hamisha o’rnak deb bilaman.-“Hayotda nafas olyabsizmi,armon haqida so’zlashga erta ”-degan gapni ko’p eshitganmiz.Armon demaymiz,biroq ushbu kungacha amalga oshmagan biror orzuyingiz bormi?
-Bolalikdan shifokor bo’lishni,insonlarning dardiga shifo berishi orzu qilganman.Biroq,taqdirning atagani boshqacha ekan.O’qituvchilik sohasini tanladim hamda 100dan ortiq shifokor va psixolog kabi shogirdlar yetishtirdim.Shular qatorida kenja singlim tibbiyot oliygohi talabasiga aylanib orzularim ushalishiga sabab bo’ldi. -“Ustoz-bu doskadagi bir umrlik aktyor”-deydilar.Haqiqiy ustoz o’zida qaysi jihatlarni mujassamlashtirgan bo’lishi kerak deb o’ylaysiz?
-Bilim,tarbiya,notiqlik.-Hayot so’ziga qanday ta’rif bergan bo’lardingiz?
-Jaydaricha ta’rif beraman:Hayot boshqa,turmush boshqa.Hayot aytadi:“Ha yot,sen hamma narsaga erishib bo’lding”.Turmush aytarkan: “Tur mush,tur musht kelyabdi,sen bunga bardosh berishing kerak.”Demakki,hayot bu-KURASH.-Suhbatimiz so’ngida sizga qisqa savollar bilan murojaat qilmoqchiman.Uzoq o’ylamasdan javob berishingiz kerak bo’ladi.Tayyormisiz?
-Albatta.-Zoologiya yoki botanika?
-Zoologiya.-Qishloq yoki shahar?
-Qishloq.-Maktab yoki o’quv kursi?
-Maktab.-Talabalik yoki abituriyentlik?
-Abituriyentlik.-Ustozlik yoki vrachlik?
-Vrachlik.-Suhbat so’nggida ustoz sifatida o’quvchilar uchun tilaklaringiz.
-Inson yashar ekan hamisha oldinga qadam tashlashi hamda harakatdan to’xtamasligi lozim.Orzular ushalganda maqsadlar o’zgara boshlaydi.Shunday ekan barchangiz P.Koeyloning “Alkimyogar”ni izlab yo’lga chiqqan “Santyago”si kabi o’z taqdiringizni ro’yobga chiqarish yo’lida dadil odimlang.Bu yo’lda sizga ishonch va iroda hamroh bo’lsin! -Mazmunli suhbat hamda samimiy javoblar uchun tashakkur bildiramiz!
-Salomat bo’ling!Umida RAHMONOVA
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)