Noshukur
Xalqimizda bir kun non yegan joyingga qirq kun salom ber, degan purma’no gapi bor. Ammo, roʻzgʻorining butligi boʻlgan, rizqi unib turgan joyga noshukurlik qilib, bir guruh ishchilar oʻgʻirilik jinoyatini sodir etishdi.
Navoiy shahar Sputnik qoʻrgʻonida joylashgan “Navoiy ishonch gilam” MCHJ rahbari Sh.Xolnazarov Navoiy shahar Sputnik qoʻrgʻoni 3-ishlab chiqarish hududida joylashgan “Lateks kley” sexidan 3 tonna atrofidagi narxi 62 130 000 soʻm boʻlgan kley mahsuloti ruxsatsiz olib chiqib ketilganligi holati yuzasidan mazkur jinoyatni sodir etgan shaxslarni aniqlab, belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishini soʻrab qilgan murojaat qiladi.
Navoiy shahar Sputnik qoʻrgʻoni 3-ishlab chiqarish hududida joylashgan “Lateks kley” sexida ishlovchi fuqaro Toshpoʻlatov Akbar ushbu sexga Buxoro viloyatidan “Gʻiyos” ismli shaxs mijoz sifatida kelib, xomashyo boʻlsa sotib olishligini malum qilgan. Oradan taxminan bir hafta vaqt oʻtgach A.Toshpoʻlatov oʻzi bilan birga ishlovchi sheriklari S.Kattayev hamda O.Xushvaqtovlar bilan kelishib, 1 tonna miqdoridagi kley mahsulotini “Gʻiyos” ismli shaxsga 10.000.000 soʻm evaziga kelishib, sexga kimyoviy suyuqlik olib kelgan yuk mashinasi orqali yashirin ravishda Buxoro viloyatiga chiqarib yuborishgan.
Mazkur shaxslar tomonidan oldin ham bu kabi holat sodir etilgan boʻlib, A.Toshpoʻlatov tashkilotchiligida u bilan birga ishlovchi sheriklari S.Kattayev va O.Xushvaqtovlardan tashqari Sh.Temirov hamda X.Ernazarovlar ham ishtirok etadi va, jami 6 tonna kley mahsulotini 69 mln. soʻmga yuk mashinasi orqali Buxoro viloyatiga yashirin ravishda sotib, olgan daromadni teng taqsimlab olishgan.
Sodir sodir etgan oʻgʻirlik jinoyati yuzasidan 800.000 soʻm pullar daliliy ashyo sifatida olinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Qingʻirlikdan topilgan rizq hech qachon buyurmagan. Endi bu shaxslar qilmishlari uchun javob beradi.
Navoiy shahar IIB

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Namanganda masjidni tunamoqchi boʻlgan uddaburon oʻgʻri qoʻlga tushdi
“Shoʻrtanneft va gaz qazib chiqarish” zavodida yuz bergan yongʻin oqibatida bir kishi halok bo’ldi
TUNDAGI O‘G‘RILIK
Oʻzboshimchalik
Navoiydagi omborxonada yuzaga kelgan yongʻin 8,5 soatdan soʻng bartaraf etildi
Buxoroda homilador ayol hali tug‘ilmagan bolasini 50 million so‘mga sotishga urindi
Izohlar (0)