Soliq qonunchiligiga oid majburiyatlar

Oʼzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 111-moddasiga koʼra, soliq toʼlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʼyicha operatsiyalarni toʼxtatib turish toʼgʼrisidagi qaror soliq organining rahbari (rahbar oʼrinbosari) tomonidan oʼn kundan koʼp boʼlmagan muddatga qabul qilinishi mumkin. Soliq toʼlovchining bankdagi hisobvaraqlari boʼyicha operatsiyalarni oʼn kundan koʼp muddatga toʼxtatib turish toʼgʼrisidagi qaror soliq organining iltimosnomasiga asosan sud tomonidan qabul qilinishi mumkin. Bunda soliq toʼlovchining bank hisobvaraqlari boʼyicha operatsiyalari sud tomonidan qaror qabul qilingunga qadar toʼxtatib turiladi. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bankdagi hisobvaraqlari boʼyicha operatsiyalarni toʼxtatib turish soliq organi tomonidan mazkur soliq toʼlovchilarning soliq majburiyatlari bajarilishini taʼminlash uchun quyidagi hollarda qoʼllanilishi mumkin: ushbu soliq toʼlovchi tomonidan soliq organiga moliyaviy va soliq hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin oʼn kun ichida taqdim etilmaganda; soliq toʼlovchi tomonidan soliq organining kameral soliq tekshiruvi natijalari boʼyicha talabnomasiga tushuntirishlar va tuzatishlar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, shuningdek soliq toʼlovchi tomonidan soliq organi talab qilgan hujjatlar taqdim etilmaganda; soliq tekshiruvini oʼtkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslarini koʼrsatilgan hududga yoki binoga (bundan turar joylar mustasno) kirishiga toʼsqinlik qilishda.
Bugungi kunda sudlar tomonidan koʼrib hal etilayotgan banklardagi hisobvaraqlari boʼyicha operatsiyalarni toʼxtatib qoʼyish toʼgʼrisidagi arizalarning asosiy qismini xoʼjalik yurituvchi subʼektlar tomonidan hisobotlarni oʼz vaqtida taqdim etmaslik natijasida yuzaga kelayotgan nizolar tashkil qilmoqda. Xususan, Navoiy viloyat Davlat soliq boshqarmasi “U.Z” fermer xoʼjaligiga nisbatan xuddi shu mazmundagi banklardagi hisobvaraqlari boʼyicha operatsiyalarni toʼxtatib qoʼyish toʼgʼrisidagi ariza bilan Uchquduq tuman iqtisodiy sudiga murojaat qilgan. Fermer xoʼjaligining soliq hisobotini belgilangan muddatda soliq organiga taqdim qilmay, soliq qonunchiligida belgilangan majburiyatlarni oʼz vaqtida bajarmaganligiNavoiy viloyat Davlat soliq boshqarmasining sudga murojaat qilishiga sabab boʼlgan. Ishning koʼrib chiqilishi natijasida sudning hal qiluv qarori bilan “U.Z” fermer xoʼjaligining bankdagi hisobvaraqlari boʼyicha operatsiyalari Soliq kodeksining
111-moddasiga asosan soliq idorasining tegishli soʼrovnomasiga javob berilgunga qadar toʼxtatib qoʼyildi. Mazkur hal qiluv qarorida koʼrsatilgan kamchiliklar bartaraf qilingandan soʼng, soliq toʼlovchining bank hisobvaraqlari boʼyicha operatsiyalarni ochib berish vazifasi soliq idorasi zimmasiga yuklatildi.
Soʻnggi soʻz oʻrnida aytganda, tadbirkorlarlik sub’yektlari sodir etayotgan soliqqa oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy madaniyatini oshirishga jiddiy e’tibor qaratilsa, kelgusida yurtimiz iqtisodiyotining ravnaqiga yanada koʻproq manfaat keltirishiga erishiladi.
Xurshid Tursunov
Uchquduq tuman iqtisodiy sudi raisi
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Biznes ombdusman vakolatlari kengaytirilmoqda

Prezident qarori bilan maʼmuriy sudlarda ish yuritishning yangi printsipi va maʼmuriy sudlar tomonidan hal etiladigan yangi toifadagi ishlar belgilandi

O’zbekistonda yangi agentlik tashkil etildi

Mulk huquqi va uni tasarruf etish

Firibgar sotuvchilarning kirdikorlari fosh boʻldi

Tadbirkordan 19 000 AQSH dollari talab qilishdi
Izohlar (0)