Mulk huquqi va uni tasarruf etish
Tarixga nazar tashlasak, ibtidoiy tuzum davridan mulkchilikning asosi shakllana boshlagan. Bu oʻz navbatida ijtimoiy munosabatlar kesimida jamiyat ehtiyojini oʻsishiga olib kelgan. Jamiyat ehtiyojlari tobora oshgani sari ijtimoiy tartiblar oʻrnatilgan. Bu jarayon mononormalarni yuzaga kelishiga sabab boʻlgan. Jamiyatning barcha boʻgʻinlari iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy jarayonlari huquqiy munosabatlar orqali tartibga solingan.
Hozirgi kunda iqtisodiy munosabatlarning barcha boʻgʻini jamiyatning iqtisodiy negizi xisoblanib, ushbu negiz esa -mavjud mulkchilik munosabatlariga asoslanadi. Shu sababli mulk nafaqat yuridik mazmunga, balki iqtisodiy ma’noga ham ega. Kishilar mexnati bilan yaratilgan yoki tabiat i’nom etgan insonlarga oʻziga xos tarzda “taqdim etilgan” boyliklar xar doim mulk boʻlib kelgan. Mulkchilik munosabatlari- jamiyatdagi boyliklarni oʻzlashtirish xususidagi iqtisodiy munosabatlardir. Zero mulkchilik munosabatlarining asosi mulkdorlik tushunchasi eng muhim ahamiyat kasb etadi.
Mulkdorlik – xalqimizning istiqlol tufayli erishgan muhim yutuqlaridan biri. Zero, xususiy mulk, koʻchmas mol-mulklarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish insonning hayotiy ehtiyojlarini ta’minlash, maishiy sharoitini yaxshilashda zarur omildir. Mamlakatimizda bu borada davlat tomonidan zarur huquqiy kafolat va shart-sharoitlar yaratilgani aholining mulkka ega boʻlish imkoniyatlari kengayib, jamiyatimizda tadbirkorlikning keng quloch yoyishiga yoʻl ochdi. Davlatimiz bosh qomusi xisoblangan Konstitutsiyamizda iqtisodiy huquqlarimiz kafolatlangan. Mazkur masala konstitutsiyamizning XP-bobi jamiyatning iqtisodiy negizlariga bagʻishlanib 53-moddasida oʻz aksini topadi. Unda bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan Oʻzbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini xisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jixatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi”- deyilgan. Bozor munosabatlarining asosiy qonuni boʻlgan talab, taklif va raqobat muhitining xususiy mulk negizida amalda boʻlishi, shuningdek, xususiylashtirishning izchil yoʻlga qoʻyilgani yurtimizda mulkdorlar sinfining yanada kengayishi uchun zamin yaratdi. Buning uchun zarur huquqiy asoslar ta’minlangani, jumladan, bosh qomusimizda xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekani qayd etilgani muhim ahamiyat kasb etayotir.Mulkdan mahrum etilish esa – oʻzining qonuniy asoslariga ega. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 15-bobining
182-183 moddalarida “Mulk huquqining vujudga kelish asoslari, uni yaratish va koʻpaytirish qoidaliri qayd etilgan. Unga koʻra – Mulk huquqining vujudga kelish asoslari deganda, mulk huquqining olininshi bilan bogʻliq boʻlgan yuridik faktlar nazarda tutiladi. Mulk huquqining vujudga kelishida egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddat oʻziga xosdir. Mulkdor boʻlmagan, lekin koʻchmas mol-mulkka oʻn besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkka besh yil davomida oʻziniki kabi xalol, oshkora va oʻzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka nisbatan mulk huquqini oladi, ya’ni toʻla ma’noda mulkdor huquqlariga ega boʻladi.Fuqarolik kodeksining 185-moddasida koʻrsatilgandek, shartnoma asosida mol-mulk oluvchida mulk huquqi, agar qonun xujjatlari yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlmasa, ashyo topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Agur ashyoni birovga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma notarial guvoxlantirilishi yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlsa, egalik huquqi bunday shartnoma notarial guvoxlantirilgan yoki roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi. Bosh qomusimizning 54-moddasida belgilanganidek,mulkdor mulkiga oʻz xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shartligi ifoda etilgan.Qisqacha xulosalasak, jamiyatda inson huquqlari unga berilgan uzviy huquqdir. Butun umr davomida undan samarali foydalanish, uning davlat va jamiyat manfaatlariga putur yetkazmasdan tasarruf etish oliy saodatdir.
Bekzod Shermatov
Fuqarolik ishlari boʻyicha Uchquduq tuman sudi raisi

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Mirziyoyev poytaxtga qancha pul ajratilishini ma’lum qildi
Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirildi
Уerga oid qonun hujjatlari takomillashtirilmoqda
Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari
Mualliflik huquqi
Prezident Jahongir Ortiqxo’jayevni mukofotladi
Izohlar (0)