Shartnomaviy munosabatlarga xos oʻzgartirishlar
Shartnoma munosabatlari tadbirkorlik faoliyatining asosini tashkil qilib, iqtisodiy sohadagi islohotlarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishda muhim oʻrin tutgan shartnoma munosabatlarini takomillashtirishga doir bir qator qonunchilik hujjatlari qabul qilingan boʻlib, ular shartnoma madaniyatini yuqori darajaga koʻtarishga xizmat qiladi. Shunday qonunchilik hujjatlaridan biri 2021-yilning 14-sentabrida Prezidentimiz tomonidan imzolangan PF-6313-sonli «Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmon hisoblanib, unda shartnomaviy munosabatlardagi koʻplab muammo va kamchiliklarni bartaraf qilishga qaratilgan tartiblar belgilab berildi.
Farmonning qabul qilinishidan koʻzlangan asosiy maqsad,fuqarolik-huquqiy munosabatlarni yanada takomillashtirish, ayrim shartnomalarni tuzishda oʻrnatilgan sun’iy cheklovlarni olib tashlash, shuningdek, shartnomaviy munosabatlarda axborot tizimlaridan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Mazkur farmon bilan 2021-yil 1-dekabrdan boshlabtijorat banklariga yetkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar) uchun toʻlovlarni uchinchi shaxslar hisobidan qabul qilishga qoʻyilgan taqiq;davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning mahsulotlarni yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlarni koʻrsatish) toʻgʻrisida tuziladigan shartnomalarda majburiy ravishda oldindan toʻlovni belgilashga doir talab;qishloq xoʻjaligi va chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchilari va tayyorlov tashkilotlari oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda majburiy ravishda avansni belgilashga doir talablar bekor qilindi.
Shuningdek, farmonga koʻra 2022-yil 1-yanvardan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn auksionda sotuvga qoʻyilgan mol-mulk uni sotishdan tushgan pul mablagʻlari hisobidan auksion gʻolibiga qarzlarsiz va taqiqlardan yechilgan holda topshiriladigan boʻldi. Bunda, mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablagʻlari yetarli boʻlmaganda qarzdorlikni toʻlash majburiyati uning sobiq egasi — qarzdor zimmasida qoladi.
Tadbirkorlik sub’yektlari elektron auksion gʻolibi deb topilganidan soʻng ba’zi hollardaduch keladigan mol-mulk boʻyicha soliq, kommunal toʻlovlar va taqiqlarendilikda Farmonda belgilangan tartib bilan bartaraf etilib, elektron auksion gʻoliblariga mulk barcha qarzlarsiz va taqiqlarsiz topshiriladigan boʻldi.Farmonda nazarda tutilgan alohida hollarda esa auksion gʻolibi mulkni qabul qilib olmasligi mumkin va bunda zakalat pullari qaytarib beriladi.
Farmonning yana bir muhim tomoniga toʻxtaladigan boʻlsak, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar namunalarini ishlab chiqish boʻyicha «Yoʻl xaritasi» ishlab chiqildi. Unga asosan aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga qulaylik yaratish maqsadida mukammal shartnoma namunalari“yurxizmat.uz” maxsus axborot portali orqali joylashtirib boriladi va ushbu shartnoma namunalari qonunchilikka kiritiladigan oʻzgartirishlardan kelib chiqib nazorat holatida yuritiladi.
Soʻnggi soʻz oʻrnida aytadigan boʻlsak, mazkur farmon bilan tadbirkorlik sub’yektlariga qulay boʻlgan shart-sharoit yaratish maqsadida shartnomaviy munosabatlarga oid mavjud muammolarni bartaraf etuvchi tartib-taomillar oʻrnatildi. Bu esa oʻz oʻrnida tadbirkorlik sub’yektlaridan shartnomaviy munosabatlarga kirishishda qonunchilikka amal qilish, shartnoma tuzishda belgilangan huquq va majburiyatlarga rioya qilishni talab etadi. Negaki, qoidalarga amal qilish shartnomaviy munosabatlarni yanada takomillashtirib, yurtimiz iqtisodiyotining rivojlanishiga xizmat qiladi.
Xurshid Tursunov
Uchquduq tuman iqtisodiy sudi raisi

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)