Nurota tumani Sentob qishlog‘ida sayohatchilar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratilmoqda
Tasvirlab bo‘lmas toza havo, qushlarning tinimsiz sayrashi, atrofda uchib yuruvchi xonqizilar, kechki shafaq, tog‘ jilg‘asining shildirashi, gullar ifori, do‘stona aholi, kechalari yulduzlarga to‘la osmon... ehtimol, bu Nurota tog‘laridagi qishloqning diqqatga sazovor jihatlarining bir qismidir.
Navoiy viloyatining Nurota tumani markazidan 120 kilometr uzoqda joylashgan Sentob qishlog‘i hududdagi diqqatga sazovor sayyohlik yo‘nalishlaridan biridir. Qariyb 3 ming aholi istiqomat qiladigan bu qishloq so‘lim tabiati, qadim sivilizasiya maskanlaridan biri ekani bilan doimo mahalliy va xorijlik sayyohlar e'tiborida bo‘lib keladi. Sentob qishlog‘i o‘zining qadim tarixi, madaniy-merosi, o‘tmishi, milliy qadriyatlari va urf-odatlarining bugungi kunga qadar saqlanib qolganligi bilan etnik qishloq bo‘lib sanaladi
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Obod Qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5048-sonli qaroriga asosan Sentob qishlog‘ini turizm maskaniga aylantirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Sentob turizm qishlog‘ida stella, selfi zona sanitariya-gigiyena shoxobchasi, axborot markazi , ekologik chiqindi qutilarini o‘rnatish belgilangan. Shunga asosan pudratchi tashkilot "KARMANA PARDOZ SERVIS" XK 468,0 mln so'm taklif qilib tender g‘olibi bo'lgan. Hozirgi kunda quruvchi tomonidan qurilish ishlari davom etmoqda. Mahalliy va xorijiy turistlar uchun Mavsum boshlanishiga qadar qurilish ishlari bitkazilishi rejalashtirilgan.
Sentob qishlog‘i Aydarko‘ldan 30 km masofa narida joylashgan bo‘lib, shahar g‘ala-g‘ovuridan charchagan har bir kishi uchun qutqaruv aylanasi o‘rnida xizmat qila oladi. Qoya toshlarga ishlangan V-VI asrlarga oid petrogliflar, tog‘ tepasidagi ko‘hna qo‘rg‘on qoldiqlari, XI-XVIII asrlarga oid toshga o‘yilgan yozuvlar hamda qishloqning eng yuqori nuqtasidagi Fozilmon ko‘li manzaralari mehmonlarni hamisha qiziqtirib keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)