Navoiy viloyati sudi raislari yer uchastkalaridan ijaraga foydalanish huquqini qoʻlga kiritgan fuqarolar bilan uchrashdi

Ta’kidlandiki, Prezidentimiz tomonidan aholini turmush darajasini yaxshilash, ularning moddiy farovonligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratib kelinayotganligi bois, 2022-yilda paxta va gʻalladan boʻshagan 80 ming gektar yerlar aholiga boʻlib berildi.

Ijaraga berilgan yer uchastkasini saqlash vazifasi qonunchilikka muvofiq ikki tomonlama kelishuvga asosantalablar bajarilmagan taqdirda ijara shartnomasi sudtomonidan bekor qilinishi belgilab qoʻyilgan.
Fuqarolarga yer uchastkasini sotish yoki oʻzgacha tarzda boshqalarga oʻtkazish, yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga va yordamchi pudratga berish,yer uchastkasidan asosiy foydalanish maqsadini oʻzgartirish taqiqlananishi, hamda yer unumdorligini saqlash va oshirish, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini soz holatda saqlash chora-tadbirlarini amalga oshirish lozimligi,tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish, shu jumladan yer uchastkasidagi tuproq qatlamini asrash kerakligi borasida tushuntirishlar berilib,Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan tayyorlangan ijaraga berilgan yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha metodik qoʻllanma har bir yer egasiga tushuntirish ishlarini amalga oshirgan holda tarqatildi.
Aziza Roʻziyeva
Navoiy viloyat sudi jamoatchilik va OAVlar bilan aloqalar boʻyicha bosh konsultanti
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Qibraylik ayol uch egizakning onasiga aylandi

Shkaf ichida yetishtirilgan giyohvand oʻsimligi

Mayna boʻlgan maynavozlar

Ayrim maktablar xususiy sektor boshqaruviga topshiriladi

Mehnat stajlari pensiya hisoblashda inobatga olinishiga erishildi

Navoiy viloyati hokimiga qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
Izohlar (0)