“Professori shunday bo‘lsa, talabasi qanday bo‘larkin?”

Bu holat takror-takror yuz beravergani uchun odam ko‘nikib ham qolarkan. Ammo ta’lim sohasiga aloqador xatlarda xatoliklar uchrasa baribir ko‘ngil buziladi. Axir ta’lim dargohida farzandlarimiz ta’lim oladi. Ularning kelgusida yetuk mutaxassis bo’lishi esa ko‘p jihatdan savodiga bog‘liq.
Bordi-yu ana shunday olabo‘ji “maqola” ostida muallif ism-sharifidan so‘ng “fan nomzodi” yoki “professor” deya qayd etilgan bo‘lsa, yanada xunobingiz oshadi. Shunda bir hikmat yodga tushadi. Emishki, bir tilshunos va dengizchi qayiqqa o‘tirib ketayotishsa, nogahon bo‘ron ko‘tarilib, qayiqni to‘lg‘ontira boshlaydi. Til ilmini egallagan tilshunos suzishni bilmagani uchun bu sinovdan omon qolmaydi. Qissadan hissa shuki, hayotda har bir kishi eng zarur ilmni albatta, bilishi shart. Ayniqsa faoliyati so‘z bilan bog‘liq yosh avlodga dars beruvchi muallimlarimiz uchun savod ilmi o‘ta dolzarb.
Ammo ba’zi “so‘z ummoni”da yurib oddiy qoida: “suzishni bilmaydigan”lar bor. Bexos bunday xatlarni ko‘rganda “professori shunday bo‘lsa, talabasi qanday bo‘larkin?”, degan savol odamni qiynaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Inson hayotiga zomin bo‘lgan kiberhujum: bir necha odamni hayotdan olib ketdi: sharmandalikka dosh berolmay, o‘z joniga qasd qilganlar ham kuzatildi.

“Aytishlaricha, Toshkentdagi 168-maktabda ro‘molli qizlar maktabga kiritilmabdi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlarga izoh berildi

ISSIQXONALARIMIZDAGI FITOSANITAR HOLAT QANDAY?

Samarqandda bog‘cha bolasining tarbiyachi tomonidan kaltaklanganligini prokuratura o‘rganmoqda

MOSKVA VILOYATIDAGI NOMAʼLUM AYOL BOLALAR BOG‘CHASIDAN BOLANI O‘G‘IRLAMOQCHI BO‘LDI

Buxoroda homilador ayol hali tug‘ilmagan bolasini 50 million so‘mga sotishga urindi
Izohlar (0)