87 YOSHLI OTAXON QURILISHDA QATNASHMOQDA

Malikobod mahallasi hududida "SVS Navoiy" MCHJ XK tomonidan qurilish ishlari uchun har xil turdagi qoʻlqoplar ishlab chiqarish zavodi qurilishida traktorda suv tashish bilan shugʻullanayotgan 87 yoshli Abdullo bobo Tolipov ham ishtirok etayotgani koʻpchilikni hayratga solsa kerak.
Qiziltepa tuman hokimi U. Fayziyev ushbu faxriy bilan uchrashib, dildan suhbatlashdi. Uning shijoatiga tasanno aytib, oʻz tashakkurini bildirdi va otaning shu yoshda ham tinim bilmay ishlayotgani namuna ekanligini ta’kidladi.
Otaxonning oʻzi esa, qurilish ishlari, zavodning ishga tushishi tezlashishida qoʻlidan keladigan barcha ishni qilishini kuchli ishtiyoq va shijoat bilan bildirdi.
Chindan ham, 87 yoshida qurilish maydonida javlon urayotgan bu otaxonning shijoati 40-50 yoshga bormay oʻzini yordamga, koʻmakka muhtoj qilib koʻrsatadigan, ishlashni yoqtirmasdan "Ish yoʻq", - deya bahona qiluvchilarga ibrat boʻlishi lozim.
Xulosa har kimning oʻzidan.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)