Qurilish sanoatiga ilmiy yоndashuv
“Zarafshan Golden Group” kompaniyasi taʼsischisi, senator Ulugʻbek Fayzievning Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Navoiy boʻlimi yosh olimlari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda qurilish sanoati va qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligida olib borilayotgan izlanishlar boʻyicha oʻzaro fikr almashish bilan birga yosh olimlar ilgari surayotgan ilmiy yangiliklar boʻyicha hamkorlikka kelishib olindi. Fanlar akademiyasi Navoiy boʻlimi doktoranti Zarif Tursunovga olovga bardoshli gʻisht ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy izlanishlarni kompaniya korxonalarida davom ettirish taklifi berildi. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning ilmiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash va iqtidorini rivojlantirishda koʻmak boʻlayotgani bilan ahamiyatli boʻlmoqda, deb xabar beradi kompaniya axborot xizmati.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
“Sardoba” suv ombori qaytadan qurilishi maʼlum qilindi
Ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun 500 mlrd soʻm ajratiladi
Turkmaniston prezidenti oʻgʻlini Bosh vazir oʻrinbosari etib tayinladi
Navoiy viloyatida 2ta mahalliylashtirish loyihalari ishga tushiriladi
“Google” oʻz qidiruv tizimini Avstraliyadan olib tashlash bilan tahdid qilmoqda
Navoiyda xodimga “kelishishni” taklif qilgan fuqaro ushlandi
Izohlar (0)