Nazarboyev: “Portretga chizgilar”dagi suhbatidan
Nazarboyev uning yoshida inson ishlardan chetlashishni istashini, ammo u bunday qila olmasligini aytdi.
Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev u hozir barcha ishlardan chetlashishni istaydigan bir yoshda ekanligini, ammo nima sababdan bunday qila olmasligi haqida gapirdi.
“Rostini aytganda, meni yoshimda inson hamma narsadan chetlashishni istaydi, ammo bunday qila olmayman, nega deganda maktublar yozishadi, uchrashishni istashadi va shunday ekan, ishlashimga toʻgʻri keladi.
“Portretga chizgilar”
Maktublar xalqaro miqyosda va oʻzimizdan keladi, bu yaxshi, albatta. Miya ishlashi uchun yana nima bilandir shugʻullanish kerak… Biz shunday hayot kechiramizki, miyamizning yarmi ishlaydi, chap qoʻl bilan ishlashni boshlang - ikkinchi yarmi ham ishga tushadi”, - dedi Nazarboyev “Portretga chizgilar” hujjatli filmi davomida.Film payshanba kuni mamlakatning “Xabar” davlat telekanali orqali namoyish etilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)