KONIMEXDA FOTO ELEKTR STANSIYASI QURILADI
Janubiy koreyalik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda quyosh foto elektr stansiyasi va quyosh elektr panellari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.
Shu munosabat bilan tuman hokimi Ruslan Roʻziyev hamda Janubiy Koreyaning “ChungDahm Electric Power” CO.,LTD kompaniyasi vakili Sungyong Jang ishtirokida ikki tomonlama maslahat uchrashuvi oʻtkazildi.
Suhbat davomida tumanda quyosh panellari ishlab chiqarish hamda quyosh fotoelektrstansiyasi tashkil etish loyiha taklifi, amalga oshirish bosqichlari kabi masalalar muhokama qilindi.
Xorijiy investor Konimex va qoʻshni tumanlar aholisining elektr energiyaga boʻlgan talabini qondirish maqsadida quyosh fotoelektrostansiyasi va quyosh panellari ishlab chiqarish loyihasi toʻgʻrisida maʼlumot berdi va tuman hokimiga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi.
– Xorijiy investitsiyaga asoslangan loyihalarda har ikki tomon avvaldan kelishib olishi maqsadga muvofiq, – deydi Ruslan Roʻziyev. – Shundagina ish oldinga siljiydi va ikki tomonlama manfaatli boʻladi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Joriy yilning oktyabr oyida Oʻzbekistonda sanoat miqyosidagi ilk quyosh elektrostansiyasi ishga tushiriladi
Navoiy IESda nosozlik yuzaga keldi
Quyosh energiyasini ishlab chiqarishning imkoni bormi?
Oʻzbekistonda robot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish taklifi muhokama qilindi
QUYOSH BATAREYALARIDAN FOYDALANISH VAQTI KELMADIMI?
Toshkentda viloyatida taniqli brendlarning sport kiyimlari ishlab chiqarilishi mumkin
Izohlar (0)