ESSIZ QARINDOSHLIK
Shunday begonalar borki, ularni chetdan koʻrib aka-uka, opa-singil deb oʻylaysiz. Yana shunday qarindoshlar borki, ularni begona deb ham boʻlmaydi. Oramizdagi odamlarning oʻz yaqinidan aldanishini qanday baholash mumkin?
Fotima (ismi oʻzgartirilgan) bir sabab bilan oʻziga tegishli boʻlgan xonadonni sotadi. Pulini uyga qoʻyib, mashina olishdek yaxshi niyatni diliga tugadi va bu haqda oʻz yaqinlariga ogʻzidan “gullaydi” ham. Moʻmay pul topish dardida yashayotgan, 1980-yilda tugʻilgan Karim (ismi oʻzgartirilgan) pul mablagʻlari borligini bilib, aldash yoki ishonchni suistemol qilish yoʻli bilan ushbu pul mablagʻlarini qoʻlga kiritish maqsadida, 2020-yilning oktyabr oyi oxirlarida oʻgay singlisi Fotimaga mashina olib berishni aytib, undan 30 million soʻmni olib ketadi. Unga “Neksiya” rusumli 85 A 109 TA davlat belgili avtomashinani oldi-sotdi qilganligi toʻgʻrisidagi soxta tilxatni ham yozib beradi. Bunga ishontiradi ham. Keyinroq undan yana 51 million soʻm pulni u yashayotgan ijara uyga borib oladi.
Karim “birinchi eshikdan” zoʻr oʻtib olganidan xursand boʻlib, ikkinchi “eshik”ka yuradi. Bu gal u qanukasi Sobir (ismi oʻzgartirilgan)ni aldaydi. Mashina olish istagidan xabardor boʻlib, uning yaxshi niyatlar bilan yigʻib yurgan pullarini olib, “Spark” mashinasini olib berishga vaʼda beradi. Qaynukasidan 40 million soʻmni oladi va uni ham oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuboradi. Har ikkala qarindoshini “unday-bunday” soʻzlar bilan aldab, ishontirib yuradi.
Qachon tekin ovqat taʼtiganki, Karim ham shunday baxtga erishsa? Bilsangiz “Tekin ovqat faqat qopqonda boʻladi” degan hikmatli gaplar yuradi xalqimizda. Karim begonani emas bir dasturxon atrofida oʻtirib turadigan, birga ovqat yeydigan, mavrud-marakasida siylanib, izzat qilinadigan insonlaridan koʻziga choʻp tiqdi. Bu boradi hali taqdiri qanday kechadi bilmaymiz, negaki bu dunyoda yaxshilik ham yomonlik ham javaobsiz qolmaydi. Ammo huquq-tartibot idoralari xodimlari shugʻullanadigan bu masala albatta qonuniy chora bilan tugashi aniq.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 184-son 3-qismi bilan jonoyat ishi qoʻzgʻatildi. Endi “hojatbaror”, “mehribon” qarindosh qonun oldida javob beradi.
F.SULTONOVA,
A.SULAYMONOV.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)