TADQIQOT SO‘ROVI TASHKIL ETILDI

Tadbir Kanada Mahalliy Tashabbuslar Jamg'armasi (CFLI) ko‘magida “Oʻzbekiston Ekoforumi” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan “Аylanma iqtisodiyotni rivojlantirishga hamda mahalliy hamjamiyat darajasida arzon yashil texnologiyalarni tarqatish orqali ekologik toza va tejamkor texnologiyalar va usullarni joriy etishga hissa qoʻshish” loyihasi doirasida tashkil etildi.
So‘rov va so‘rovnomaning maqsadi mahalliy ekologik va ijtimoiy muammolarni, shuningdek, mahalliy hamjamiyatlarning arzon yashil texnologiyalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash, baholashdan iborat edi.
So‘rovni Markaz rahbari Natalya Narbekova, xodimlar Samiya Narziyeva va Aysulu Qurbonbayevalar olib borishdi.
So‘rov Navoiy viloyatining Konimex tumani va Karmana tumanlari fermerlari o‘rtasida o‘tkazildi. Anketalar orqali eng jiddiy mahalliy ekologik va ijtimoiy muammolar, ochiq yashil texnologiyalarga bo‘lgan ehtiyoj aniqlandi, ularni hal qilish bo‘yicha takliflar olindi.
So‘rov va anketa natijalariga ko‘ra, fermerlar quyosh energiyasidan foydalangan holda arzon yashil texnologiyalarini yaratish va qo‘llashni o‘rganish istagini bildirdi.
Kelgusida Navoiy viloyatida parabolik quyosh pechini ishlab chiqarish va undan foydalanishni o‘rgatish bo‘yicha trening o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

NAVOIY VILOYATIDA 2021-YILDA IJTIMOIY SOHADA QANDAY YIRIK LOYIHALAR AMALGA OSHIRILADI?

Hududlarda “Yashil zamin” jamg’armalari tashkil etiladi

«Uzbekistan airways» - 50 foizgacha chegirmalar

“Oila maktabi” ish boshladi

Malayziyada ixtirochilar ananas barglaridan dron tayyorlashmoqchi

Qizlarning 68 foizi internetdan hech qachon foydalanmagan
Izohlar (0)