UYING QAYDA DARVISHLAR…
Tanlovga xatlar.
Baxtli xonadonda farzand dunyoga keldi. Uni o‘zgacha shukuh bilan kutib olishdi. Unga ism tanlashning ham o‘z udumi bor. Inson ismining ham qaysidir jihatdan hayotiga ta’siri bo‘ladi. Odatda, ism qandaydir yaxshi ma’no anglatishi kerak. Qadimda bola yo‘ְlda tug‘ilsa, Yo‘lchi, ramazon oyida tug‘ilsa, Ro‘zigul, juma kuni dunyoga kelsa, Jumagul kabi ismlar qo‘yishgan. Hozirgi paytda esa zamonaviy ismlar urf bo‘lgan. Ayniqsa, islom dini bilan bog‘liq bo‘lgan: Iymona, Imronbek, Sumaya, Muhammadjon kabi ismlarni qo‘yishmoqda.
Chaqaloqni tug‘ruqxonadan uyga olib kelishgach, agar uning yosh bola akasi yoki opasi bo‘lsa, onasini chaqaloqdan qizgʻonmasin deb, birinchi oyoqchsini ko‘rsatishadi. “Mana qara sichqoncha, senga mehribon ukacha”, deyishadi.
Ba’zida bola qo‘rqmasin deb, “qo‘rqoq solishadi”. Bunda beshikning yopinchig‘i ustiga kichik paxta boֹ‘lakchalrini yoqib, beshikni o‘qlov bilan sekin-sekin urib, “Ota-onang qattiq gapirsa, qo‘rqma, buving chaqirsa, qo‘rqma…” deyishadi.
Chaqaloq beshikka belangach, onaga beriladi va undan alla aytish talab qilinadi. Esimda, buvim onasidan eshitgan allasini aytib berardilar:
Huy-yo, huy-yo, huy qushlar,
Uying qayda darvishlar?
Bolton tog‘ning boshida,
Baliq o‘ynar qoshida…
Bunday allalar bolalarning kelajakda yetuk shaxs bo‘lib yetishishiga turtki beradi. Hozirgi davrda jonli alla aytayotgan onalar kam, menimcha.
Xullas, ma’naviy qadriyatlarimiz zamirida olam-olam mazmun va ma’no mujassamdir.
Ruxsora NORTOJIYEVA,
Navoiy shahar 5-IDUM 10-“A”sinf o֥‘quvchisi

O‘zbek xonadonlarida “Beshik kecha”, “Aqiqa” kabi marosimlar o‘tkazishadi. Beshikka solishning ham o‘z urf-odatlari bor. Keksa onaxonlar tayyor beshikka Bolani olib, “o‘ngmi, chapmi?” deb, u tomoniga, bu tomoniga yotqizishadi. Ayollar “yo‘q, yo‘q” deb turishadi. Uchinchi marta to‘g‘ri yotqizgach, “o‘ng”, deyishadi va beshikka belashadi.
Ba’zida bola qo‘rqmasin deb, “qo‘rqoq solishadi”. Bunda beshikning yopinchig‘i ustiga kichik paxta boֹ‘lakchalrini yoqib, beshikni o‘qlov bilan sekin-sekin urib, “Ota-onang qattiq gapirsa, qo‘rqma, buving chaqirsa, qo‘rqma…” deyishadi.
Chaqaloq beshikka belangach, onaga beriladi va undan alla aytish talab qilinadi. Esimda, buvim onasidan eshitgan allasini aytib berardilar:
Huy-yo, huy-yo, huy qushlar,
Uying qayda darvishlar?
Bolton tog‘ning boshida,
Baliq o‘ynar qoshida…
Bunday allalar bolalarning kelajakda yetuk shaxs bo‘lib yetishishiga turtki beradi. Hozirgi davrda jonli alla aytayotgan onalar kam, menimcha.
Xullas, ma’naviy qadriyatlarimiz zamirida olam-olam mazmun va ma’no mujassamdir.
Ruxsora NORTOJIYEVA,
Navoiy shahar 5-IDUM 10-“A”sinf o֥‘quvchisi
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Tugʻilajak bolaning jinsini oldindan rejalashtirish mumkinmi?
Qibraylik ayol uch egizakning onasiga aylandi
“Rayono” va “oblono” tugatiladimi?
Inson hayotiga zomin bo‘lgan kiberhujum: bir necha odamni hayotdan olib ketdi: sharmandalikka dosh berolmay, o‘z joniga qasd qilganlar ham kuzatildi.
Kelsa Navro'z
Kompozit xizmat nima?
Izohlar (0)