Kelsa Navro'z

Tashvishlari o'zgacha.
Kampirdan to qizgach
Oynab kular muloyim-
Kelsa Navro'z - Guloyim.
Barg yozib ishkomgacha,
O'rmalaydi tomgacha.
Yalpizdan bodomgacha
Bo'y taratar muloyim-
Kelsa Navro'z - Guloyim.
Qahri ketib qishgacha,
Yumshab ketar toshgacha.
Chumolidan qushgacha
Rizq teradi muloyim-
Kelsa Navro'z - Guloyim.
Yomg'irdan to do'lgacha,
Anhordan to ko'lgacha.
Samodan sohilgacha
To'lib oqar muloyim-
Kelsa Navro'z - Guloyim.
Qozonlar og'izgacha,
Liq bo'za, qimizgacha.
Navro'zdan Navro'zgacha-
Toti qolar muloyim-
Kelsa Navro'z - Guloyim.
Maqsuda Karimova
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?

13 mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Oʻzbekiston fuqaroligidan chiqmagan holda boshqa davlat fuqarosi boʻlish mumkinmi?

Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlgan shaxslar 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

Oʻgʻri ayol

Dunyodagi eng quruq joy
Izohlar (0)