“Rayono” va “oblono” tugatiladimi?
“Rayono” va “oblono” kabi tashkilotlarni yoʻq qilishni istayapman – Shavkat Mirziyoyev.
Taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan uchrashuv chogʻida davlat rahbari oʻqituvchilar faoliyatiga xalal beruvchi tizimlar haqida gapirdi.
“Biz barcha fanlarni teng olib borishni, deylik hammani matematik qilishni istaymiz. Ammo amalda buning iloji yoʻq. Nari borsa 10 foiz bola matematik boʻlishni istar. Biz bolaning istagidan kelib chiqib, uning talabiga koʻra taʼlim berishni oʻrganishimiz kerak. Bola oʻziga nima qiziq ekanini yaxshi biladi, unga hamma fanni birdek oʻrgatishni toʻxtatib, qiziqish sohasiga urgʻu qaratish lozim.
“Rayono” va “oblono” kabi tashkilotlar siz uchun prokuror. Men kelajakda bu ikki tashkilotni yoʻq qilishni istayapman. Maktablarning oʻzi barcha jarayonni olib borishi zarur.
Oʻrtadagi boshqa pogʻonalar nimaga kerak? Ular boʻlgani uchun oʻqituvchi qadam qoʻya olmaydi. Bunday tizimni sindiradigan vaqt keldi. Tartib kerak albatta, ammo buni nazorat qilish uchun vazirlik bor. Bizda hamon eski tizim saqlanib qolmoqda. Aslida teskarisi boʻlishi, maktab “gorono”ga xoʻjayinlik qilishi kerak.
Biz eski tizimga moyilmiz, “rayono” nima desa shuni qilamiz. Zamon oʻzgarmoqda, kechirasizu, qishloq xoʻjaligida paxtaga munosabatni oʻzgartirdik. Endi paxta ham, tizim ham ishlamoqda. Demak kelajakda taʼlim tizimini ham jiddiy isloh qilishni oʻylash kerak” – dedi prezident yetakchi pedagoglar bilan suhbatda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Nazarboyev: “Portretga chizgilar”dagi suhbatidan
Ta᾽lim yangiliklari - yangi darsliklar, qisqaradigan fanlar va oyliklar
Imkoniyati cheklangan oʻquvchilar uchun onlayn taʼlim sifati qoniqarlimi?
Elektiv soliq nima?
Shifokorlar nima sababdan juda yomon yozishadi?
Prezident hududlarga tashrifi paytidagi ko‘zbo‘yamachiliklar haqida gapirdi
Izohlar (0)