DADAMNING HARBIY QIZIMAN!
Biroz boʻlsada jim turmagan ekanman. Yaqinlarim katta boʻlsa kim boʻlar ekana deb rosa qiziqishgan ekanman.
Adabiyotga qiziqishimmi, yoki she’rlarni chiroyli oʻqishimmi bilmadim sabab nimada ekanligini. Lekin menda qalam bor edi. Yozish eng yaxshi koʻrgan mashgʻulotim edi.
Maktabda ham shu sababmi tengdoshlarimdan ajralib turardim. Jurnalistikaning Harbiy yoʻnalishini tanlashimga esa dadam sababchilar. Har gal uyga kirib yashirincha yuqoridagi albomlarni tomosha qilar edim. Bu suratlarda haqiqiy savlatli bir guruh harbiylar turar edi. Ularni koʻrish davomida ichimda qandaydir alanga yuzaga kelar edi. Oilada katta farzand, ota va onam suyanganiman. Bu esa yanada koʻproq harakatni talab qiladi. Meni harbiy sohaga qiziqishimga dadam sababchi boʻlgan. Ularning kiyimlari qaddilarining tikligi va mag’rurligi.
Dadamning harbiylikdagi bosh kiyimlarini kiyib, " Oʻzbekiston Respublikasiga xizmat qilaman!" deb, tilim burro boʻlishiga qaramay ayta olamasdim. Va aytayotgan soʻzlarimni anglab yetmasdim.
Shu vaqtlarda oʻzim kabi jajji formalarim boʻlar edi. Yillar oʻtgan sayin men bilan birga formalarim oʻlchamlari ham oʻsdi. Bizni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalagan inson dadajonim boʻlsa, onajonim esa uy-yumushlari-yu, kasb-hunarni oʻrgatar edi. Adashmasam 9-sinf edim, qiziqishlarim ortidan quvib, oʻqishni davom ettirish uchun, hujjatlarimni ichki ishlar akademik letsiyiga topshirdim. Ammo vaznim yetmadi. Shu sababli letsiy talablariga toʻgʻri kelmadi. Dadam qizim nozik mashaqqatli kasbda qiynalib qoladi deb onamga aytgani esimda. Keyin oʻquv kurslarida tayyorgarlikni davom etdim. Behosdan kuzgi horg’inlik vaqtida Televizor orqali joʻshqin xabar eshitdim. Yosh jurnalistlar tayyorlov kursi ochilibdi. Havas bilan qaraganimni koʻrib dadam suhbat jarayoniga olib bordi.
3 kundan soʻng qoʻngʻiroq boʻldi: qizingiz qabul qilindi deyishdi. Dadam bilan onam bu gapni eshitib xursand boʻlishdi. Tanlovimni qoʻllab-quvvatlashdi. "Yosh jurnalistlar maktabi" judayam esda qolarli sarguzashtlar maskani boʻldi.
Jurnalistikaga boʻlgan qiziqishim kundan-kunga ortib borardi. Nihoyat maktabni tamomladim. Oʻqishga topshirish vaqti keldi. OʻzJOKU ga topshirishim aniq edi. Ammo yoʻnalish tanlamagandim. Oʻqishga hujjat topshirar ekanman harbiy jurnalistika degan yoʻnalish chiqdi. Juda xursand boʻldim. Yoʻnalish haqidagi maʼlumotlarni qunt bilan oʻrgandim . Yaqinlarim meni intiqib kutishar edi. Oʻqishga topshirdingmi? deyishdi . Ha dedim va qoʻlimdagi hujjatni koʻrsatdim.
Hamroqulova Mohinur Zohidjon qizi
Harbiy jurnalistika
Toshkent.
Dadam koʻrib jim boʻlib qoldi. Oyim va mendan xavotirda. Ularga boqdim. Dadam, Ona qizim, yoʻq Harbiy qizim dedilarda peshonamdan oʻpib qoʻydilar. Shu onda bildimki hatto dadam ham tanlovimdan mamnun edi. Imtihon kunlariga ham sanoqli kunlar qolgan edi. Hayajon va qoʻrquv. Dadamning ishonchlarini oqlash va harbiy qiz boʻlish edi maqsadim. Imtihon topshirdik. Hattoki imtihonlarimga Toshkentga meni olib kelib oxirigacha kutgan dadam boʻldi. Hammasi yaxshi topshirib uyga keldik. Test natijalarini mendan ham koʻproq intizorlik bilan kutgan inson ham dadam edi.
Intiqib kutilgan onlar. Yarim kechasi xabar keldi. Men juda qoʻrqdim va dadamga qaradim. Dadam xabarni ochib oʻqiy boshladi. Talabalikka tavsiya etildingiz. Oʻshanda dadamni koʻzlarida faxr tuygʻusini koʻrdim.
Sentyabr. Yotoqxonaga joylashadigan vaqt ham kelgandi. Oʻqishim uchun hamma shart-sharoitlarni yaratib berdi. Ammo xayrlashuv vaqti koʻzlariga yosh keldi. Meni tashlab ketgisi kelmadimi yoki quvonchdanmi bilmadim. Lekin koʻzlariga qaraganimda "sen uddalading" deya faxrlanganligini his qildim. Darslar boshlandi 5 yillik uzilishlardan soʻng yana forma kiydim. Bu safar havaskor sifatida emas, balki mas’uliyatli libosda va shaxs sifatida edi. Uyga rasm joʻnatdim. Izohda shunday yozdim "Ota-onasining harbiy qizi" ..... Dadam telefon orqali suhbatimizda shunday dedi. Bu safargi formang oldingilaridan ham koʻproq yarashibdi. Barakalla! qizim dedi. Balki dadamning orzusini amalga oshirganimgami bilmadim ularni mendan koʻngli toʻq edi.
Ha, men ham uddaladim. Hozirda dadamning harbiy qiziman.
Mohinur HAMROQULOVA