“MEHNAT QONUNCHILIGI” MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING

Asosiy maqsad – davlat organlarining fuqarolar oldidagi mas’uliyati va javobgarligi darajasini oshirish, shuningdek, ularning imkoniyatlari va ehtiyojlarini rag‘batlantirish va ta’minlashdan iborat.
Navoiy viloyati Navoiy viloyati “To‘maris” ayollar va yoshlar markazi AQSh Davlat departamentining Demokratiya, inson huquqlari va mehnat byurosi (USDRL) tomonidan moliyalashtirilgan loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekistondagi ACTED grantini qo‘lga kiritdi.

Loyiha maqsadlari:
1. Maqsadli guruhning mehnat huquqlari va qonun hujjatlari haqidagi bilimlarini oshirish.
2. Mentorlikni tashkil qilish, ayollarga ma'lum kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish uchun resurslar va maslahatlardan foydalanish imkoniyatini berish.
Ushbu loyihaning maqsadli guruhi Navoiy viloyati Konimex tumanidagi vaqtinchalik ishlaydigan va ishsiz ayollar, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari (kam taʼminlangan oilalar) vakillari boʻladi. Konimex tumanidagi “Birlik”, “Do‘stlik”, “Navro‘z”, “Sho‘rtepa”, “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari va aholi bilan o‘tkazilgan suhbatda bu muammo aniqlandi.

ASTED xaqaro tashkiloti loyihasi doirasida Konimex tumanida “Mehnat qonunchiligi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Navoiy viloyati "Ustozlar" NNT rahbari, tarix fanlari nomzodi, dotsent M. Yuldosheva mamlakatimizda yangi mehnat qonunchiligi asoslarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining 28.10.2022 y. O‘RQ-798-son Qonuni bilan tasdiqlangan Mehnat kodeksi asosida tushuntirib berdi. Yangi kodeks 2 qism, 7 bo‘lim 34 bob 581 moddani o‘z ichiga olgan. Umumiy qismi mehnat huquqining barcha institutlari uchun asosiy ahamiyatga ega bo‘lgan fundamental masalalarga bag‘ishlangan va 2ta bo‘limni o‘z ichiga oladi: Mehnat qonunchiligining asosiy negizlari va Mehnat sohasidagi ijtimoiy hamkorlik, ular 9 bobni birlashtiradi. Maxsus qismi 5 bo‘limdan iborat bo‘lib,ishga joylashtirish, yakka tartibdagi mehnat munosabatlari, xodimlarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, xodimlarning alohida toifasi mehnatini tartibga solish xususiyatlari, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnat nizolarini ko‘rib chiqish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Tadbir qizg‘in bahs-munozara va savol javoblar bilan tumandagi yoshlar, nogironlaruchun qiziqarli tarzda olib borildi.
Sh.ESHQOBILOVA,
Navoiy viloyati "Ustozlar" NNT a’zosi
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Pensiya ta’minoti bilan bogʻliq huquqlarni sud orqali himoya qilish usullari

Xodimning attestatsiya komissiyasining qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi talabi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan koʻriladimi?

Rossiyalik ish beruvchilar bilan muzokaralar oʻtkazildi

Huquqiy xizmat koʻrsatish yoʻlida...

Xodim mehnat ta’tilisiz ishlashi qonuniymi?

O’zbekistonda yana bir akademiya tashkil qilindi
Izohlar (0)