Xodimning attestatsiya komissiyasining qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi talabi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan koʻriladimi?
Navoiy viloyat hamda Samarqand viloyat sudlarining fuqarolik ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudyalari ishtirokida “Mehnat nizolari” mavzusida videokonferensiya onlayn rejimida mintaqaviy seminar oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda koʻrsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekanligi mustahkamlangan.
Jamiyat rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari mehnat sohasida vujudga kelayotgan munosabatlarga yangi talablar qoʻymoqda.
Oʻtkazilgan seminarda ham mehnat qonunchiligi normalarini amalda qoʻllashning turli jihatlari xususida soʻz yuritilib, amaliyotda uchrayotgan muammoli nizolar yuzasidan sud amaliyoti umumlashtirildi.
Jumladan, xodimning attestatsiya komissiyasining qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi talabi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan koʻrilishi, mehnat daftarchasi ishdan boʻshagan xodimga oʻz vaqtida berilmaganlik uchun kompensatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 275-moddasi tartibida undirilib berilishi, mehnat daftarchasi oʻz vaqtida berilmaganlik uchun kompensatsiya undirish haqidagi daʼvo muddati boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablar yuzasidan fikr almashildi.
Bu kabi oʻtkaziladigan seminar fuqarolik ishlarini koʻrish oqibatida yuzaga keladigan muammolarni hal etishda mehnat qonunchiligini qoʻllash amaliyotini yaratish uchun zamin boʻlishi shubhasiz.
Gulnafis XUDOYBERDIEYVA,
Navoiy viloyat sudi sudyasi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Rossiyalik ish beruvchilar bilan muzokaralar oʻtkazildi
Korrupsiya 100 foizga koʻpaygan?!
Yangi yildan “bir sud – bir instansiya” tamoyiliga amal qilinadi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi eslatib oʻtadi
Rossiyada sovuqda qolib ketgan fuqarolar Vatanga qaytarildi
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida mehnat bozori
Izohlar (0)