Xodim mehnat ta’tilisiz ishlashi qonuniymi?

Ish beruvchi tomonidan belgilangan ta’tilni bermaganlik mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik boʻyicha Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasiga asosan javobgarlikka tortilishi uchun asos boʻladi.
Mehnat kodeksining 143-moddasiga asosan, ta’til har yili, shu ta’til berilayotgan ish yili tugagunga qadar berilishi lozim. Bu ish beruvchiga majburiyat sifatida belgilangan foida hisoblanadi.
Mehnat kodeksining 144-moddasiga koʻra yillik ta’tillarni berish navbati kalendar yil boshlangunga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq belgilanadi. Ushbu ta’tillar jadvali lokal hujjat sanalib, u xodimlar va ish beruvchilar tomonidan bajarilishi kerak.
Yuqoridagi normalardan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, xodim mehnat ta’tiliga chiqmaslikka haqli emas.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

O’zbekistonda yana bir akademiya tashkil qilindi

Yangi yilda ketma-ket besh kun dam berilishi kutilmoqda

Pensiya taʼminoti qanday boʻladi?

Mehnat stajlari pensiya hisoblashda inobatga olinishiga erishildi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi eslatib oʻtadi

NUKUS SHAHRIDA YOʻLNI TOʻSIB QOʻYGAN AYOLLARNING 591 MLN SOʻMLIK TOʻLANMAGAN ISH HAQI BUGUN TOʻLIQ BERILADI
Izohlar (0)