“Open public service” tadbirida
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyat filiali hamda Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida yoshlar uchun davlat fuqarolik xizmati faoliyati bilan bevosita tanishishga yo‘naltirilgan “Open public service” (“Ochiq davlat xizmati”) tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida yoshlarga agentlikning ustuvor vazifalari hamda vatanparvar, mas’uliyatli va yuqori salohiyatga ega qobiliyatli yosh kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga meritokratiya tamoyili asosida qabul qilish to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Ochiq muloqot ruhida bo‘lib o‘tgan tadbir davomida yoshlarning davlat fuqarolik xizmatiga kirish tartibi yuzasidan qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi. Shuningdek ularga davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari, ishga joylashish uchun zarur ko‘nikmalar to‘g‘risida ma’lumot berilib, Agentlik tomonidan yuritilayotgan vacancy.argos.uz saytidan foydalanish tartibi tanishtirildi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
O‘zbekistonda kasb-hunar bo‘yicha maxsus kursni tugatgan ishsiz yoshlarning o‘qish xarajatlarini davlat qoplab beradi
Oʻzbekiston fuqaroligidan chiqmagan holda boshqa davlat fuqarosi boʻlish mumkinmi?
Muhim uchrashuv
Bog‘chаgа bolаni joylаshtirish muаmmomi?
«OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI»
"OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI". SHAVKAT MIRZIYOYEV SO‘Z ERKINLIGI SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HAQIDA
Izohlar (0)