Bog‘chаgа bolаni joylаshtirish muаmmomi?
Mazkur savol ko‘pdan buyon ota-onalarni o‘ylantirib kelayotgani sir emas. Farzandlarini davlat bog‘chalariga joylashtirish, navbatlar yuzasidan bo‘layotgan murojaatlar davlat tashkilotlarini mazkur holatlarni batafsil o‘rganishga undadi. Davlat xizmatlari agentligi va Maktabgacha taʼlim vazirligi mutaxassislari hamkorlikda ushbu kamchiliklarni to‘laligicha tahlil etib natijalarni matbuotda eʼlon qildi.
Navoiy viloyat Davlat xizmatlari agentligining maʼlum qilishicha, davlat bog‘chalari soni 6 021 tani tashkil etadi, tarbiyalanuvchilar soni 1 540 637 nafar. Qariyb 700 ming nafar bola bog‘chada navbat kutmoqda. Bog‘chalarda bolalarni qamrab olish darajasi esa 55% xolos.
Xo‘sh, muammolar nimada unda?
-Bino va o‘rinlarning kamligi natijasida har yili 1,2 million nafar bola davlat bog‘chalariga boprish imkoni mavjud emas.
Yaʼni har yili o‘rtacha 700 ming nafar boladan 500 mingiga bog‘chaga yo‘llanmalar berilyapti.
Yangi tartibga ko‘ra bu muammolarga barham berilishi nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, ilgari qabul qilish tizimi shaffof va korruptsiyadan xoli bo‘lmagan. Tizim to‘liq avtomatlashtirilgach bog‘chalarga navbat tartib bilan amalga oshiriladigan bo‘ldi. Bog‘chaga joylashtirishda shaffoflik taʼminlandi.
Endilikda maktabgacha taʼlim qamrovini 100foizga yetkazish uchun 3-7 yoshdagi 1,2 mln. nafar bolani qamrab olish lozim. Buning uchun ko‘rilayotgan choralar:
- yangi bog‘chalar qurilmoqda;
- nodavlat bog‘chalarini ochish rag‘batlantirrilmoqda;
- oilaviy uy bog‘chalar ochilmoqda;
- uzoq vaqt davomida faoliyat yuritmagan bog‘chalar faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilmoqda;
- bolalar bog‘chalarining muqobil shakllari joriy etilmoqda.
Ushbu yangi tizim maktabgacha taʼlimni rivojlantirishda yechim vazifasini o‘tashi taʼkidlanyapti.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
YANGI YILNI XAVFSIZ KUTIB OLAYLIK!
QARZDORLIK UNDIRIB BERILADI
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida mehnat bozori
Oʻzbekiston fuqaroligidan chiqmagan holda boshqa davlat fuqarosi boʻlish mumkinmi?
NAVOIY – FAXRIMSAN MENING!
O‘zbekistonda kasb-hunar bo‘yicha maxsus kursni tugatgan ishsiz yoshlarning o‘qish xarajatlarini davlat qoplab beradi
Izohlar (0)