TUNDAGI XAYOL
Tun qoʻynida xayollarim,
Oqsab-oqsab , yuribdi.
Lek, barchasi ushalgudek,
Koʻngil sezib turibdi.
Toʻshasa ham, koʻrpasini
Orzular, tunamaydi
Xayol tola oʻpkasini,
Hovuchlab uxlamaydi.
Erta tonga olti soat,
Lek , olti ming oʻyim bor,
Oʻglim , kirgan imtihonga
Qizga, katta toʻyim bor.
Bir tomonda yubileyga
Odam aytib qoʻyganmiz,
Bir qurbonlik zakoti deb,
Katta qoʻchqor suyganmiz.
Kelin bilan challadiga
Oʻtish kerak, kechlikda
Nima qilsam? Shu uyimning
Quyi qismi boʻshlikda.
Oʻgʻilchaga moshin olish
Kerak, bugun salondan
Aytgancha, taʼmir kerak,
Chakka oʻtgan, ayvondan.
Xushboy bolish, soʻzlayverar
Har kech, shunaqa bizda,
Hech boʻlganmi, azizlarim?
Shunday ahvol ham sizda!?
Feruza KIYASOVA,
Navoiy viloyati Karmana tumani 8-umumtaʼlim maktabi ingliz tili fani oʻqituvchisi
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)