“Hali sevar ekanman”
Bir joyda oʻqib qoldim:
-Sevgi tamom boʻlarmish,
Oila qurilgach, u
Ildizidan soʻlarmish.
Oʻylab toldi, boshginam
Uni koʻrsam, titroq bor.
Tanam jimirlab ketar
Paydo boʻlsa, yoʻlda yor.
Telefonda gaplashsam,
Qoʻl qaltiroq, hayajon.
Qizim kular qiqirlab,
-Bu nimasi, ayajon!
Koʻzim olib qochaman.
Suhbatida qarasa,
Muhabbatim oshadi
Betob kunim yarasa!
Qoʻllarim ushlab desa:
“Oʻt, onasi bu yoqdan”
Tanamga kirib titroq
Qalbim uzilar chokdan.
Eshitsam, qizaraman,
Davralarda u haqda
Chunki undayin inson,
Men-chun hayotda yoʻqda!
Gulday ikki bolam bor
Dildan suyar ekanman.
Sir emas, dadasini
Hali sevar ekanman!
Navoiy viloyati Karmana tumani 8-umumtaʼlim maktabi ingliz tili fani oʻqituvchisi Feruza Kiyasova
-Sevgi tamom boʻlarmish,
Oila qurilgach, u
Ildizidan soʻlarmish.
Oʻylab toldi, boshginam
Uni koʻrsam, titroq bor.
Tanam jimirlab ketar
Paydo boʻlsa, yoʻlda yor.
Telefonda gaplashsam,
Qoʻl qaltiroq, hayajon.
Qizim kular qiqirlab,
-Bu nimasi, ayajon!
Koʻzim olib qochaman.
Suhbatida qarasa,
Muhabbatim oshadi
Betob kunim yarasa!
Qoʻllarim ushlab desa:
“Oʻt, onasi bu yoqdan”
Tanamga kirib titroq
Qalbim uzilar chokdan.
Eshitsam, qizaraman,
Davralarda u haqda
Chunki undayin inson,
Men-chun hayotda yoʻqda!
Gulday ikki bolam bor
Dildan suyar ekanman.
Sir emas, dadasini
Hali sevar ekanman!
Navoiy viloyati Karmana tumani 8-umumtaʼlim maktabi ingliz tili fani oʻqituvchisi Feruza Kiyasova
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)