Ketmа-ket jinoyаtgа qoʻl urishdi
Xalqimizda, sayoq yurgan tayoq yeydi, degan maqol bor. Mehnat qilmasdan tekin daromad topishni istagan kishilarga nisbatan juda topib aytilgan taʼrif bu. Аfsuski, jamiyatimizda har qancha tartibga chaqirilsa ham, sayoqligini qoʻymagan yoshlar borligi achinarli.
2020 - yil 20 - sentyabr kuni fuqaro Ermatov Dilmurod (ism-familiya oʻzgartirildi) tanishi boʻlgan voyaga yetmagan Toʻymurodov Sobir (ism-familiyasi oʻzgartirildi) bilan Karmana tumani “Paxtaobod” mahallasi “Yoshlar-2” koʻchasida yashovchi Suvonov Gʻanisher (ism-familiya oʻzgartirildi)ning xonadoniga devori yoʻqligidan foydalanib somonxonasiga oʻgʻrincha kirib, u yerdan quruq beda ostida turgan temir quti ichidan 37 mln 500 ming soʻm, 1750 АQSh dollari, 2000 qirgʻiz somi, 400 qozoq tengesini yashirin ravishda talon-toroj qilib, Gʻ. Suvonovga jami 55 mln 823 ming 119 soʻm miqdorda moddiy zarar yetkazib qochib qolishgan.
Birovning haqqidan hazar qilmagan bu “uddaburon”larga nisbatan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimida jinoyat ishi qoʻzgʻatilib vaziyat oʻrganilgach, ish Jinoyat ishlari boʻyicha Karmana tuman sudiga yuborilgan.
Dastlabki tergov davomida ayblanuvchilarga nisbatan “Munosib xulq-atvorda boʻlish toʻgʻrisida tilxat” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan boʻlib, ayblanuvchilar tomonidan jabrlanuvchiga yetkazilgan zararning 25 mln. 823 ming 119 soʻm miqdori qoplangan.
2021 yilning 23 yanvar kuni taxminan soat 19:00 larda ikki jinoiy sherik oʻzaro kelishib Gʻ. Suvonovdan kechirim soʻrash uchun uning yashash xonadoniga boradilar. Ular uy egasiga, jinoyat ishi boʻyicha yetkazilgan zararni qoplab berishganini, daʼvodan voz kechishini soʻrashadi. Biroq oʻrtada kelishmovchilik chiqib, fuqaro D. Ermatov qoʻlidagi oʻtkir tigʻli pichoq bilan Gʻ. Suvonovning yelka qismiga va qorin boʻshligʻiga sanchib olib, bir jinoyati tugamasi, ikkinchi jinoyatni boshlab qoʻyadi.
Toʻgʻri, yoshlik qoni qaynoqlik, deydilar. Oʻspirinlikda toʻgʻri yoʻl koʻrsatgan jonkuyari boʻlmasa, yoshlar qingʻir yoʻlga kirib qolish hech gap emas. Аfsuski, boshi berk koʻchani tanlagan ikki oʻspirin, guldek yoshlik davrini oʻqib, kelajagi uchun zamin hozirlash oʻrniga sudning qora kursisida oʻtirib jinoyatiga javob berishiga majbur endi. Qonun oldida hamma birdek barobar.
Ota-onalarning eʼtiborsizligi yoki farzand tarbiyasiga befarqligi, ularning kasb-hunar egallab mehnatga yoʻnaltirmasligi yoki boshqa koʻplab sabablar ayrim farzandlarning toʻgʻri yoʻldan adashishiga olib kelayotgani jiddiy oʻylab koʻrishga arziydi.
Shuhrat ABDURASULOV
Navoiy shahar IIO FMB 4-sonli IIB jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
FIRIBGARLIK FOSH ETILDI
Qoʻlga kiritgan pullarni oʻz manfaati yoʻlida sarflab yuborgan
Surxondaryoda giyohvand modda sotayotgan shaxs qoʻlga olindi
NUKUS SHAHRIDA YOʻLNI TOʻSIB QOʻYGAN AYOLLARNING 591 MLN SOʻMLIK TOʻLANMAGAN ISH HAQI BUGUN TOʻLIQ BERILADI
Navoiyda IIB xodimining avtomashinasini olib qochmoqchi boʻlgan muqaddam sudlangan shaxs qoʻlga olindi
OʻZBEKISTON VAKSINA SOTIB OLISH UCHUN QANCHA SARFLASHI MAʼLUM BOʻLDI
Izohlar (0)