“Sardoba” suv ombori qaytadan qurilishi maʼlum qilindi
Sardoba suv ombori qayta quriladi. Bu boʻyicha hukumat qarori qabul qilingan, deb xabar qilmoqda “Daryo” nashri Qurilish vazirligining Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi Nasrullo Boboyevga tayanib.
Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborini qayta tiklash boʻyicha Vazirlar Mahkamasining yopiq (xizmat doirasida foydalanish uchun) qarori qabul qilingan. Ayni damda ushbu qarorga asosan “juda katta hajmdagi muhandislik-qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda, xususan, laboratoriya tahlillari olinib, ilmiy-texnik asoslash maqsadida izlanishlar davom etyapti”.
“Holat qoʻshni davlatlarga ham taalluqli boʻlgani bois ilmiy oʻrganishlarga nafaqat mahalliy mutaxassislar, balki chet el ilmiy-tadqiqot markazlari ham jalb qilingan. Bunda bir nechta mustaqil ekspertlar guruhi qilingan ishlar natijalarini tahlil qiladi va oʻz xulosalarini beradi. Shundan kelib chiqib, keyingi bosqich ishlari davom ettiriladi”, — deydi Boboyev.
2010—2017-yillarda qurilgan Sardoba suv ombori toʻgʻoni 2020-yilning 1-mayida oʻpirilishi oqibatida suv toshqini yuz bergan edi. Uning oqibatida Oʻzbekiston va qoʻshni Qozogʻistonda minglab uylar suv ostida qolgandi.
Hozirda ushbu falokat yuzasidan qurilishga aloqador boʻlgan 17 kishi sudlanmoqda, deb yozadi xabar.uz.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Bugun – Navoiy viloyati tashkil etilgan kun
NAVOIY VILOYATIDAGI MAHALLIY HOKIMLIKLAR AYRIM QARORLARI BEKOR QILINAYOTGANLIGINING ASOSIY SABABI OCHIQLANDI
Polshada Gitlerning kitobi bosmadan chiqdi
«OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI»
Internetda tarqalgan videolar sabab 28 nafar ichki ishlar xodimi lavozimidan ozod etilgani maʼlum qilindi
Somalida choʻl chigirtkalarining hujumi sabab favqulodda holat eʼlon qilindi
Izohlar (0)