Oʻzimiz ham suyundik
Oila. Insonning ishdan horib kelganida halovat topadigan maskani... Yurakning barcha chigillari yoyiladigan qoʻrgʻon... Er-xotin, bola-chaqa uchun shaxsiy xotirjamlik hududi. Ammo, hammadayam shundaymi?
Uyma-uy yurib oʻtkaziladigan huquqiy targʻibotlar tufayli ancha-muncha oilaviy munosabatlarga duch keldik. Ammo, bir oilaga vakolatimiz doirasida koʻrsatgan davlat xizmatidan rosti oʻzimiz ham suyundik.
Oila boshligʻiga fuqarolik pasporti, er-xotinlarga nikoh guvohnomasi, farzandi Arturga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma berildi.
Nodira SAMANDAROVA
Uyma-uy yurib oʻtkaziladigan huquqiy targʻibotlar tufayli ancha-muncha oilaviy munosabatlarga duch keldik. Ammo, bir oilaga vakolatimiz doirasida koʻrsatgan davlat xizmatidan rosti oʻzimiz ham suyundik.
Pasport va guvohnomalar berildi
Bu oila Navoiy viloyatining olis hududlaridan biri Uchquduq tumanining “Oltintov” ovulida yashaydi. Oila boshi Nurlan Aytiganov 10 yildan buyon Saltanat Karimbayeva bilan turmush qursada, fuqarolik pasporti yoʻqligi bois nikohdan oʻtisholmagan. Zanjirli muammo ularning farzandi hayotiga ham taʼsir qilmay qoʻymaydi. Bolaga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma olinmagan boʻlsada, unga Artur deb nom bergan ota-ona hujjatsiz farzandini na bogʻchaga, na maktabga bera olmasligini tushunib yetdilar.Oila boshligʻiga fuqarolik pasporti, er-xotinlarga nikoh guvohnomasi, farzandi Arturga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma berildi.
Nodira SAMANDAROVA
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)