Imom al-Buxoriyning “Al-jomiʼ as-sahih” asaridan namunalar
Hazrat Umar raziyallohu anhu bunday deganlar: “Boshliq boʻlmasingizdan avval ilmni chuqur oʻrganing! Rasulluloh salallohu alayhi vassallamning sahobalari yoshlari ulgʻayganda ham ilm oʻrganganlar.
Rasulluloh salallohu alayhi vassalam: “Ikki narsadan oʻzgasiga hasad qilmoq joiz emas, biri – kishiga Alloh taolo halol mol-dunyo bersa-yu, uni Haq yoʻlida sarflayotgan boʻlsa, ikkinchisi – kishiga Alloh taolo ilmu hikmat ato etsa-yu, u shu tufayli oliy maqomga erishib, hukm surayotgan, odamlarga bilganini oʻrgatayotgan boʻlsa”,-deganlar”.
Rasulluloh aytganlar: “Tushimda menga bir idishda sut keltirildi, toʻygunimcha ichdim, hatto tirnoqlarimdan sut chiqqanini koʻrdim”. Sahobalar soʻradilar: “Yo rasulluloh, sutni nimaga yoʻydingiz?” “Ilmga”,-dedilar Rasulluloh salallohu alayhi vassallam.
Janob Rasulluloh takalluf qilmay ilmu hikmat bilan hukm qiladigan va boshqalarni ham shunga oʻrgatadigan odamni maqtadilar. Xalifalar ilm ahliga maslahat solmoqlari, ulardan bilmaganlarni soʻramoqlari lozim boʻladi.
Muzohim ibn Zufar deydilar: “Bizga Umar ibn Abdulaziz bunday dedilar: -“Besh xislat mavjudki, qozi ulardan birida xatolikka yoʻl qoʻysa, oʻziga gunoh orttirgay. Bular – fahm-farosatlilik, xushmuomalalik, halollik, matonatlilik va ilmga chanqoqlikdur”.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)