Navoiy viloyatida ichki ishlar organlari xodimlarini oʻqitish boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv-amaliy kurslari tashkil etildi
Xodimlarning kasbiy mahoratini va malakasini oshirish, dunyoqarashlarini boyitish, bugungi kun talablari asosida Ichki ishlar organlari xizmatida boʻlayotgan oʻzgarishlarni xodimlar diqqatiga yetkazish va toʻgʻri qaror qabul qilishga oʻrgatish, “Xalq militsiyasi” degan nomga munosib boʻlish hamda ularning jismoniy, jangovar shayligini oshirish maqsadida Markaziy harbiy okrugining Navoiy shahridagi 523-safarbarlik chaqiruv rezervi batalyonida ixtisoslashtirilgan oʻquv-amaliy kurslari tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi, Navoiy viloyati hokimligining qoʻshma qarori asosida tashkil etilgan oʻquv kurslarida viloyat IIBning Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Terrorizm va ekstrimizmga qarshi kurashish boshqarmasi, Tergov boshqarmasi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi, Post patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi, yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasida xizmat qilayotgan 60 nafar xodim ishtirok etmoqda. 15 kunlik oʻquv yigʻinlarida davomida xodimlar bilan ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari, saf tayyorgarligi, jismoniy tayyorgarlik va oʻq otish tayyorgarliklari boʻyicha harbiy qismlardan ajratilgan mutaxassis xodimlar tomonidan mashgʻulotlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, oʻquv kurslarida tahsil olayotgan xodimlar bilan “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi hamda kriminogen vaziyatdan kelib chiqib, kunning ikkinchi yarmida soat 16:00dan 22:00ga qadar hududlarda jamoat tartibini saqlash va sodir boʻlishi mumkin boʻlgan huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida patrul guruhlari tashkil qilinib, birgalikda xizmat olib borishlari yoʻlga qoʻyildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Internetda tarqalgan videolar sabab 28 nafar ichki ishlar xodimi lavozimidan ozod etilgani maʼlum qilindi
Navoiyda oʻtkazilgan marafonda viloyat IIBning 500dan ortiq xodimlari faol qatnashib, sovrindorlar qatoridan joy olishdi
Bugun – Navoiy viloyati tashkil etilgan kun
Oʻzbekistonda mahkumlarga ham OTMga kirish va onlayn taʼlim olish imkoni beriladi
Ichki ishlar vazirligi TikTokchilarning ota-onalarini ogohlantirdi
Oʻzbekiston fuqaroligidan chiqmagan holda boshqa davlat fuqarosi boʻlish mumkinmi?
Izohlar (0)