DXA: kitob oʻqiyvering…
-Yoshlikdan shunday oʻrgatishgan, qoʻl yuvmasdan kitobni qoʻlimizga olmasdik, deydi Nurota tumani Davlat xizmatlari markazi direktori Shaxob Roʻziyev.
Bolalik davrimda bir kuni oʻqituvchimga: “Ustoz, ushbu kitobni toʻliq oʻqib chiqdim, lekin xotiramda bu kitobdan hech narsa qolmadi”, dedim.
Shunda ustozim bir dona xurmo berib: “Buni chaynab yegin dedi” va birozdan soʻng menga: “Katta boʻlib qoldingmi?”, dedi.
Men: “Yoʻq”, dedim.
Ustozim: “Lekin bu xurmo mayda-mayda boʻlib, sening jasadingda goʻsht, suyak, pay, teri, soch va tirnoqlarga aylangan”, dedi.
Shundan anglab yetdimki, men oʻqiyotgan kitob ham mayda-mayda boʻlib, oʻzim bilmagan holda mening lugʻat boyligimni oshirar, aqlimni ziyoda qilar, axloqimni sayqallar hamda gapirish uslubimni goʻzal qilar ekan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)