Musulmonlar idorasi Ashuro kuni ro’zasi haqida eslatdi
Ashuro kuni 2021-yilning 19-avgust, payshanba kuniga toʻgʻri keladi. Ashuro kuni roʻza tutish oʻtgan bir yillik gunohlarga kafforat boʻladi, deb xabar bermoqda Musulmonlar idorasi.
“Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ashuro kunining roʻzasi Allohdan umid qilamanki bir yil oldingi gunohlarga kafforat boʻladi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).
Esda tuting! Muharram oyining yolgʻiz oʻninchi kunida emas, bu kunga qoʻshib, bir kun oldingi yoki bir kun keyingi kunda ham roʻza tutish lozim.
Ashuro kuni yaqinlarga kengchilik qilish – bir yillik kengchilikka sabab boʻladi.
Abu Saʼd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy alayhissalom: “Kim Ashuro kuni ahli ayoliga hadya ulashsa, Alloh yilning barchasida unga ham hadya ulashadi”, dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).
Sufyon ibn Uyayna rahmatullohi alayh: “Bu hadisni oltmish yil tajriba qildim va faqatgina yaxshilik koʻrdim”, deyiladi axborotida.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)