Tilanchilir haqida
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi; aytdi: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki muhtoj boʻlmagan holda insonlardan tilanib yursa, qiyomat kunida tilanchiligi uning qiyofasida tirnalgan yoki shilingan yoki ezilgan bir holatda kelgaydir”.
Soʻraldiki: “Yo Rasululloh! Nima narsa uni behojat qiladi?” Aytdilar: “Ellik dirham yoki ellik dirham qiymatidagi oltin”. (Ibn Masʼud. Hadisi hasan)
Hakim ibn Jubayrning ushbu oʻrindagi rivoyati tufayli Shuʼba uning haqida (tanqidiy) soʻz qilgan.
Mahmud ibn Gʻaylan, Yahyo ibn Odamdan naql etib, bizga bayon qildiki, Sufyon, Hakim ibn Jubayr orqali ushbu hadisni rivoyat qildi.
Shunda Shuʼbaning birodari Abdulloh ibn Usmon Sufyonga bunday dedi. “Qaniydi, bu hadisni Hakimdan boshqa kishi rivoyat qilsaydi!”
Sufyon unga aytdiki, “Hakimning nima aybi bor, Shuʼba undan hadis rivoyat qilmaydimi?”.
Abdulloh ibn Usmon: “Ha, (rivoyat qilmaydi)” dedi. Sufyon dediki, “Zubayddan ushbu hadisni Muhammad ibn Abdurrahmon ibn Yaziddan rivoyat qilganini eshitdim”.
Baʼzi birodarlarimizning amali shu hadis asosidadir. As-Savriy, Abdulloh ibn Al-Muborak, Ahmad va Isʼhoqning qavli shudir. Aytdilarki, “Kishining yonida ellik dirhami bor boʻlsa, sadaqa olmogʻi joiz boʻlmaydi”.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)