Chirchiq daryosida qizil rangdagi suv oqmoqda. Muammo nimada?
Toshkent viloyatining Qibray tumani «Chingeldi» mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi Chirchiq daryosida qizil rangdagi suv oqizilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi, «Toshkent suv ta’minot» MCHJ Chirchiq shahar boʻlimi mutaxassislari tomonidan hududda oʻrganish olib borilgan.
Oʻrganish davomida aniqlanishicha, Chirchiq daryosi Chingeldi hududidan oʻtgan qismiga Chirchiq suv tozalash inshootidan kelib quyilayotgan qayta ishlangan oqava suv massasi tashlanmoqda. Suvning tashqi koʻrinishida kimyoviy moddalar mavjud ekani yaqqol namoyon boʻlmoqda.
Mutaxassislar fikriga koʻra, Toshkent viloyatining Chirchiq shahri, Qibray tumani hududlarida joylashgan sanoat korxonalari tomonidan mazkur oqava suv tizimiga me’yoridan ortiq kimyoviy moddalar oqizilayotgani, ushbu korxonalarda zamonaviy lokal tozalash inshootlarining mavjud emasligi sabab boʻlmoqda.
Ayni paytda mutaxasislar tomonidan suvdan laboratoriya tahlil uchun probalar olindi, oʻrganish davom etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Samarqanddagi ariqda binafsharang suv oqqani ham muhokamalarga sabab boʻlgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)