Chinozda “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimining yashirin guruhi aniqlandi

Aniqlanishicha, 2020-yilda guruh aʼzolarining 3 nafari ijtimoiy tarmoqlar orqali diniy ekstremistik oqimlar taʼsiriga tushib qoladi va ularning radikal gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlaydi.
Soʻngra ular oʻz tarafdorlari sonini oshirish maqsadida doʻstlari va mahalladoshlari orasida targʻibot ishlari olib borishadi. Natijada 10 kishidan iborat noqonuniy guruh shakllanadi.
Muntazam oʻtkazilgan yigʻinlar vaqtida ular internet tarmogʻi orqali yuklab olingan diniy ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlar gʻoyaviy rahnamolarining, jumladan, “Abdulloh Zufar”, “Sodiq Samarqandiy”, “Rashod qori”larning “hijrat” va “jihod” qilish toʻgʻrisidagi audio-video maʼruzalari hamda daʼvatlarini tinglab, oʻzaro muhokama qilishgan.
Shuningdek, guruh aʼzolarining 5 nafari yaqin vaqt ichida Qozogʻiston va Turkiya orqali Suriya davlatiga borishni hamda jangarilar safiga qoʻshilishni rejalashtirgan.
Taʼkidlash lozimki, 1993-2002-yillar oraligʻida tugʻilgan ushbu fuqarolar orasida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibidagi korxona ishchisi, Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan ishlab chiqarish korxonalaridan birining 3 nafar ishchisi va Mirobod tumani bozorida savdo qiluvchi shaxs ham bor.
Guruh aʼzolarining mobil telefon apparatlarida respublikamiz qonunchiligida taqiqlangan audio-video koʻrinishidagi diniy materiallar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Noqonuniy “hujralar” faoliyatiga chek qoʻyildi

Rossiyadan qaytgan fuqaroda taqiqlangan diniy materiallar aniqlandi

Terrorchilik tashkiloti tarkibiga kirmoqchi boʻlgan shaxslar qoʻlga olindi

Noqonuniy yo’l bilan bolalarga diniy ta’lim berilayotgani aniqlandi

Diniy taʼlim muassasalarida qaysi fanlardan imtihon olinishi maʼlum boʻldi

"Boshliq xo`roz"
Izohlar (0)